Yaqin qarindoşlarni röyxatga qöyişda “kvadrat metr” talabi bekor qilinadi
Özbekistonda yaqin qarindoşlarni röyxatga olişda uy maydoni böyiça çeklov bekor qilinadi. Bu haqda bugun, 11 avgust kuni Oliy Majlis Qonunçilik palatasining navbatdagi majlisida körib çiqilgan fuqarolarni yaşaş joyi va turgan joyi böyiça röyxatdan ötkaziş tartibini soddalaştirişga qaratilgan qonun loyihasida söz boradi.
Qayd etilişiça, uşbu hujjat aholini yaşaş joyi va turgan joyi böyiça röyxatdan ötkaziş jarayonlarini yanada soddalaştiriş orqali fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlarini yanada kengroq taminlaşga qaratilgan.
Qonun loyihasida fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlarini yanada töliq taminlaşga qaratilgan uçta muhim yangilik nazarda tutilmoqda. Xususan, oila azolari va yaqin qarindoşlari turgan joyi böyiça röyxatdan ötkazişda uy-joy maydonining ijtimoiy normasini qöllaş bilan boğliq çeklovlar bekor qilinmoqda.
Yani, er-xotin, ota-ona va farzandlar, buva-buvi va nevaralar, şuningdek, aka-uka va opa-singillar bir-birining uy-joyiga röyxatdan ötayotganda xonadon maydoni belgilangan meyordan kam bölsa ham, bu holat röyxatdan ötişga tösqinlik qilmasligi nazarda tutilyapti. Bu esa oila azolari va yaqin qarindoşlarni bir manzilda röyxatdan ötkazişni yengillaştirişga xizmat qiladi.
Loyihada talabalar turar joylarida istiqomat qilayotgan talabalarga nisbatan alohida huquqiy mexanizm joriy etilib, ularni röyxatdan ötkazişda uy-joy maydonining ijtimoiy normasi qöllanilmasligi ham belgilanmoqda. Bu esa oliy talim muassasalarida talabalarni röyxatdan ötkaziş bilan boğliq mavjud amaliy muammolarni bartaraf etişga xizmat qiladi.
Muhokamalar davomida deputatlar qonun loyihasining ahamiyati va zarurati haqida alohida töxtalib, undagi ayrim normalar böyiça öz fikr-mulohazalarini, taklif va tavsiyalarini bildirgan. Uşbu hujjat aholiga körsatiladigan davlat xizmatlarini yanada sodda va qulay qilişga, fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlarini işonçli taminlaşga xizmat qilişini takidlagan.
Majlisda qonun loyihasi deputatlar tomonidan birinçi öqişda qabul qilingan.