Özbekistonda “propiska” böyiça yangi tartib belgilandi
11-07-2025, 14:49
1 342 марта
Özbekistonda “propiska” böyiça yangi tartib belgilandi Fuqarolar va fuqaroligi bölmagan şaxslarni yaşaş joyi böyiça röyxatdan ötkaziş tartibi belgilandi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.
Unga köra, “Özbekiston Respublikasi fuqarolarini, çet el fuqarolarini hamda fuqaroligi bölmagan şaxslarni yaşaş joyi va turgan joyi böyiça röyxatdan ötkaziş töğrisida”gi qonun qabul qilindi. Qonunga asosan, şaxslarning yaşaşi uçun uy-joy maydonini beruvçi turar joy mulkdori yoki uni tasarruf etiş huquqiga ega şaxs uşbu şaxslarni yaşaş joyi yoki turgan joyi böyiça öz vaqtida röyxatdan ötkazişi kerak.
Joylaştiriş vositalarida turgan şaxslarni turgan joyi böyiça xabardor qiliş tartibida röyxatdan ötkaziş masul xodimlar tomonidan “E-mehmon” tizimi orqali amalga oşiriladi. Özbekistonning xorijda doimiy yaşovçi fuqarolari Özbekistonga kirgan kundan 10 iş kunidan keçiktirmay yaşaş joyi yoki turgan joyi böyiça röyxatdan ötişi şart.
Özbekiston fuqarolarini yaşaş joyi böyiça röyxatdan ötkaziş quyidagilarda amalga oşiriladi:
içki işlar organlarining migratsiya va fuqarolikni rasmiylaştiriş bölinmalarida;
davlat xizmatlari markazlarida;
YaIDXP (my.gov.uz) orqali.
Yaşaş joyi va turgan joy böyiça röyxatdan ötkazişda uy-joy maydonining ijtimoiy normasiga rioya etiş talab qilinadi.