Rossiyada migrantlar uçun yangi davlat bojlari joriy etilişi mumkin
30-06-2025, 13:43
449 марта

Rossiyada migrantlar uçun yangi davlat bojlari joriy etilişi mumkin
Rossiyada joriy yilning sentyabridan boşlab migrantlar uçun yettita yangi davlat boji joriy etilişi mumkin. Bu haqda mamlakat Moliya vazirligi tayyorlagan qonun loyihasiga tayanib, “Izvestiya” gazetasi xabar berdi.Qonun loyihasiga köra, boşqa mamlakat fuqarolari yaşaş joyi böyiça röyxatga turiş uçun 500 rubl tölaşi kerak böladi. Şuningdek, vaqtinçalik yaşaş muddatini uzaytiriş uçun 1 ming rubl, işga ruxsatnoma oliş uçun esa 4,2 ming rubl miqdorida boj undiriladi.
Ayrim hujjatlarning dublikatlarini beriş va ularga özgartirişlar kiritiş ham tölovga tortiladi. Gap işga ruxsatnomalar va patentlar haqida bormoqda. Mos hujjatni oliş yoki unga tuzatiş kiritiş 2,1 ming rublga tuşadi. Patentni oliş yoki qayta rasmiylaştiriş esa 4,2 ming rublni taşkil etadi.
Çet elliklarni yaşaş joyi böyiça röyxatdan ötkaziş uçun davlat boji hozirgi 420 rubl örniga 1 ming rublga oşiriladi.
Tuşuntirilişiça, qonunga kiritiladigan uşbu özgartirişlar muhim migratsiya oqimi tufayli nazoratni kuçaytiriş uçun zarur.