Qirğizistonda davlat tilini bilmagan amaldorlar
25-06-2025, 22:31
124 марта

Qirğizistonda davlat tilini bilmagan amaldorlar jarimaga tortiladi
Qirğizistonda davlat xizmatçilari va qator mutaxassislar uçun qirğiz tilini biliş majburiy böladi. Bu haqda Qirğiziston davlat tili haqidagi qonunlarga özgartiriş kiritiş töğrisidagi qonun loyihasida söz boradi.Unga muvofiq, Jogorku Keneşi deputatlari, Vazirlar mahkamasining raisi va azolari, Konstitutsiyaviy, Oliy va mahalliy sudlarning sudyalari, prokurorlar, tergovçilar, Milliy bank xodimlari, huquqni muhofaza qiluvçi organlar va milliy xavfsizlik idoralari xodimlari qirğiz tilini bilişlari şart böladi.
Qolaversa, advokatlar va notariuslar ham tegişli darajada qirğiz tilini bilmasalar, litsenziya ololmaydi.
Şuningdek, televideniye va radioda davlat tilida beriladigan efir hajmining kamida 60 foizi qirğiz tilida bölişi şart.
Şu bilan birgalikda, taşqi migratsiya töğrisidagi qonunga ham özgartiriş kiritilgan. Unga köra, davlat tilini yetarli darajada bilmagan fuqarolarga muqim yaşaş uçun ruxsatnoma berilmaydi. Qirğiz tilini bilmagan çet el fuqarosi immigrant maqomini ham ololmaydi.
Davlat tilida tayyorlangan reklama matnlari mahalliy ijro organlari tomonidan orfografiya va qonun talablariga muvofiqligi böyiça tasdiqlanişi lozim.
Qonun talablarini buzgan jismoniy şaxslarga 5 ming som (714 ming 750 söm), yuridik şaxslarga esa 17 ming som (2 mln 430 ming 150 söm) jarima belgilangan. Bu çoralar faqat umumiy til talablariga tegişli bölib, maxsus meyoriy hujjatlar asosida belgilangan talablarga taalluqli emas.
Bildirilişiça, nazorat va jarimalarni Qirğiz tili va til siyosati böyiça Milliy komissiya amalga oşiradi.
Uşbu qonun loyihasi ikkinçi va uçinçi öqişda maqullangan.