Rossiyada ayrim migrantlardan rus tilini bilişlari talab qilinmasligi mumkin
1-06-2025, 20:23
422 марта
Rossiyada ayrim migrantlardan rus tilini bilişlari talab qilinmasligi mumkin Rossiya hukumatining tegişli qaroriga muvofiq ruxsatnoma asosida mehnat faoliyatini amalga oşirayotgan çet el fuqarolari iş ruxsatnomasini oliş uçun ariza berganda, rus tilini biliş, Rossiya tarixini va Rossiya Federatsiyasi qonunçiligining asoslarini bilişi talab qilinmaydi. Bu haqda RBC.ru naşri xabar berdi.
Xabarga köra, hukumat uşbu çora orqali xorijiy kadrlarni jalb qilişda vaqt xarajatlarini qisqartirib, iqtisodiyot ehtiyojlarini, jumladan yirik investitsiya loyihalarini amalga oşirişni tezlaştirişni maqsad qilmoqda.
Keltirilişiça, 2024 yilda kvota 156 mingga yaqin bölgan bölsa, 2025 yilda deyarli 235 ming kişiga yetkazildi. Eng köp kvotalar sanoat korxonalarida işlovçi malakali işçilarga (74,1 ming), quriliş va konçilik işlariga (43,1 ming), hamda apparatçilar va yiğuvçilarga (29,1 ming) ajratilgan. Eng kam kvota soğliqni saqlaş va qişloq xöjaligi sohalariga — atigi 157 kişiga töğri kelgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Rossiyada migrantlarning birdan ortiq telefon raqam işlatişi taqiqlanişi mumkinligi haqida xabar bergandik.