30 iyundan boşlab Rossiyaga kiriş uçun QR kod talab etiladi
20-05-2025, 07:42
431 марта
Vizasiz tartibda Rossiyaga kelayotgan çet el fuqarolari 30 iyundan boşlab “Gosuslugi RuID” mobil ilovasi orqali oldindan röyxatdan ötişi va QR-kod olişi şart böladi.Malum qilinişiça, QR-kodni çegaradan ötişda taqdim etiş talab etiladi.
Röyxatdan ötiş uçun:
şaxsiy kabinet yaratiş;
fotosurat va şaxsiy malumotlarni yuklaş;
Rossiyada böliş muddatini körsatiş kerak.
Ariza safardan kamida 72 soat oldin berilişi lozim. Agar keliş zarurati tösatdan (masalan, oğir kasallik yoki yaqin qarindoş vafoti) paydo bölsa, arizani 4 soat qolganda ham topşiriş mumkin.
Quyidagilar röyxatdan ötişdan ozod qilinadi:
Belarus fuqarolari;
6 yoşgaça bölgan bolalar;
viza, vaqtinçalik yoki doimiy yaşaş ruxsatnomasiga ega şaxslar.
6 yoşdan 18 yoşgaça bölgan bolalar uçun arizani ularning ota-onalari yoki qonuniy vakillari topşiradi — ularda ham şaxsiy röyxatdan ötiş kodi bölişi şart.
Uşbu talab Rossiya hukumatining 2025 yil yanvardagi qarori bilan tasdiqlangan.