Rossiyada migrantlarning bolalari maktabga qabul imtihoniga qöyilmayapti
14-05-2025, 16:58
245 марта
Rossiya maktablariga kiriş uçun möljallangan rus tili testlarida migrant bolalarning 81 foizi hatto sinovga qöyilmadi. Bunga sabab qilib hujjatlardagi kamçiliklar körsatilmoqda va boşqa mamuriy tösiqlar yaratilmoqda.Test sinovidan ötgan 44 boladan faqat 27 nafari (61 foizi) talab darajasida natija körsatgan. Yangi tartib 2024 yil dekabrida qabul qilingan va 2025 yil 1 apreldan amalga kirgan. Unga köra, maktabga kiruvçi har bir bola rus tilida gapiriş, tinglaş, öqiş va yozişni belgilangan ballar asosida bilişi kerak.
Birinçi sinf uçun gapiriş va eşitiş könikmalari, ikkinçi sinfdan esa öqiş va yoziş ham talab qilinadi. Masalan, birinçi sinf uçun 10 balldan 9 ball, ön birinçi sinf uçun 24 balldan 22 ball talab etiladi. Öqituvçilarning takidlaşiça, bu talablar migrantlarning bolalari uçun oğir tösiq yaratib qöymoqda.
Mutaxassislar buni 2024 yil mart oyidagi «Krokus Siti Holl»dagi terrorçilik aktidan söng boşlangan aksilmigrant siyosat bilan boğlayapti. Şu bilan birga, hujjatlarni körib çiqiş muddatlari uzaytirilgan, IIV tomonidan ota-onalarning Rossiyada qoliş qonuniyligi tekşirilyapti.
Prezident Vladimir Putin rus tilini bilmaydigan bolalarni qabul qilmaslikni qöllab-quvvatladi. U bunday bolalarni öz vatanlarida tayyorlaş maqsadida Markaziy Osiyoda rus maktablarini oçişni taklif etdi.