Özbekistonda “El-yurt umidi” stipendiyasi joriy etiladi
13-05-2025, 13:43
136 марта

Stipendiya ğoliblari oçiq tanlov asosida test sinovlari va suhbat ötkaziş orqali aniqlanadi.
Farmonga köra, uşbu stipendiya bakalavriat, magistratura va doktorantura dasturlari böyiça talim oliş uçun eng munosib nomzodlarni saralaş maqsadida joriy etiladi.
“El-yurt umidi” stipendiyasi ğoliblari oçiq tanlov asosida test sinovlari va suhbat ötkaziş orqali aniqlanadi. Test sinovlarida nomzodlarning intellektual, tahlil qiliş va kreativlik qobiliyatlari, psixologik barqarorligi baholanadi.
Farmonga köra, “El-yurt umidi” jamğarmasi Prezident huzuridagi Istiqbolli kadrlarni tayyorlaş böyiça “El-yurt umidi” jamğarmasi etib qayta taşkil etildi.
Jamğarmaning asosiy vazifalari quyidagilar belgilandi:
- professional, çuqur bilimga ega, zamonaviy fikrlaydigan va vatanparvarlik ruhida tarbiyalangan kadrlarga bölgan talabni örganib boriş;
- nomzodlarni vazirlik, idora va iqtisodiyot tarmoqlarining strategik korxonalari ehtiyojlariga mos holda professional yönaltiriş;
- stipendiatlarning Özbekistonga qaytgandan söng mehnat faoliyati va ijtimoiy himoyasi uçun munosib şart şaroitlar yaratiş hamda ularni qöllab quvvatlaş böyiça takliflar kiritiş;
- Özbekistonning xalqaro maydondagi ijobiy imijini yanada oşiriş uçun stipendiatlar salohiyatidan samarali foydalaniş.
- birinçi 100 talikka kiritilgan xorijiy oliy talim va ilmiy-tadqiqot muassasalari talim dasturlari böyiça öqiş xarajatlari (tuition feye) töliq qoplanadigan grant asosida qabul qilingan nomzodlarga “El-yurt umidi” jamğarmasi stipendiyalari tanlovlarsiz ajratiladi;
- birinçi 300 talikka kiritilgan xorijiy oliy talim va ilmiy-tadqiqot muassasalariga qabul qilingan nomzodlarga xalqaro transport va turarjoy xarajatlari uçun “El-yurt umidi” jamğarmasi stipendiyalari tanlovlarsiz ajratiladi;
- birinçi 20 talikka kiritilgan xorijiy oliy talim muassasalarining bakalavriat talim dasturlari böyiça öqiş xarajatlari (tuition feye) kamida 50 foiz qoplanadigan grant asosida qabul qilingan Prezident, ijod va ixtisoslaştirilgan maktablari bitiruvçilariga “El-yurt umidi” jamğarmasi stipendiyalari tanlovlarsiz ajratiladi.