USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼ USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Endi ayrim talaba qizlarga maxsus stipendiya tölanadi

159 марта

Endi ayrim talaba qizlarga maxsus stipendiya tölanadi


Endi Özbekistonda “qizil” toifaga kiritilgan oilalarning “alo” baholarga öqigan talaba qizlariga maxsus stipendiya tölanadi. Bu haqda joriy yilning 8 may kuni qabul qilingan “Kambağal oilalarni davlat tomonidan ijtimoiy qöllab-quvvatlaş tizimini yanada takomillaştiriş töğrisida”gi Prezident farmonida söz boradi.
Farmonga köra, joriy yil 1 iyundan “qizil” toifaga kiritilgan oilalarning “alo” baholarga öqigan talaba qizlariga bazaviy stipendiyaning 2 baravari miqdoridagi (1 mln 35 ming 760 söm) maxsus stipendiya tölanadi.
Şuningdek, joriy yil 1 sentyabrdan umumiy örta talim muassasasining uzaytirilgan kun guruhlariga qatnaydigan bolalar umumiy sonining 15 foizi miqdorida kambağal oilalar farzandlari uçun alohida kvota ajratiladi va ular ota-onalar tölovidan ozod etiladi.
2026 yil 1 yanvardan kambağal oilalarning “alo” baholarga öqiydigan farzandlarining Özbekiston kasaba uyuşmalari federatsiyasi tizimidagi oromgohlarda dam olişi va soğlomlaştirilişi xarajatlari töliq qoplab beriladi.
Ijtimoiy himoya milliy agentligi Kambağal oilalar reyestri va Ijtimoiy himoya yagona reyestriga kiritilgan oilalarga ijtimoiy xizmatlar va yordamlar körsatilişini muvofiqlaştiruvçi davlat organi hisoblanadi.
Eslatib ötamiz, avvalroq mazkur farmon bilan joriy yil 15 maydan Özbekistonda Kambağal oilalar reyestriga kiritilgan va uşbu reyestrga tuşiş xavfi bölgan oilalar “qizil”, “sariq” va “yaşil” toifalarga taqsimlanişi xabar qilingandi.


Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: