AQŞdan ketadigan noqonuniy migrantlarga 1000 dollardan beriladi
6-05-2025, 14:31
223 марта

AQŞni öz ixtiyori bilan tark etgan noqonuniy muhojirlarga 1000 dollar miqdorida stipendiya tölanadi. Bu haqda mamlakat Içki işlar vazirligi xabar berdi.
Muhojirlar öz vataniga qaytişi bilanoq moliyaviy yordam oladi. Ular CBP Home ilovasidan foydalanib, mustaqil ravişda deportatsiyani amalga oşiradi. Noqonuniy muhojir ilova orqali öz vataniga qaytganini tasdiqlagaç, 1000 dollar taqdim etiladi.
Öz-özini deportatsiya qiliş AQŞni tark etişning qonuniy muqobil usuli bölib, noqonuniy muhojirlarga immigratsiya politsiyasi bilan töqnaş kelmaslikka yordam beradi. Stipendiya narxini hisobga olgan holda, CBP Homedan foydalaniş deportatsiya xarajatlarini taxminan 70 foizga kamaytirişi kutilmoqda.
Hozirda noqonuniy muhojirni hibsga oliş, uşlaş va çiqarib yuborişning örtaça qiymati 17 ming dollarni taşkil etadi, deyiladi Içki işlar vazirligi xabarida.