AQŞ 131 nafar noqonuniy muhojirni Özbekistonga deportatsiya qildi
1-05-2025, 10:52
194 марта
AQŞ 131 nafar noqonuniy muhojirni Özbekistonga deportatsiya qildiQöşma Ştatlar 131 nafar noqonuniy muhojirni Özbekistonga deportatsiya qildi. Ular orasida Özbekiston, Qozoğiston va Qirğiziston fuqarolari bor. Bu haqda Tengrinews.kz. naşri xabar berdi.
Xabarga köra, Toşkent özbekistonlik fuqarolarni deportatsiya qiliş bilan boğliq barça xarajatlarni öz zimmasiga olgan.
“Vaşington va Toşkent örtasida Özbekiston hisobidan deportatsiya qiliş böyiça tuzilgan kelişuv — Donald Trampning yangi mamuriyati davridagi ilk şunday hujjat böldi”, — deyiladi xabarda.
Qayd etilişiça, Qozoğiston va Qirğiziston pasportiga ega migrantlar keyinçalik öz vatanlariga yuboriladi.
Amerika OAV izohiga köra, deportatsiya reysi çorşanba kuni amalga oşirilgan.
Malumot uçun, Donald Tramp Oq uyga qaytgaç, AQŞning migratsiya siyosati keskin qatiylaşdi. Yangi prezidentlik muddatining ilk haftalaridanoq xorijiy fuqarolarga AQŞga qonuniy yöl bilan kiriş yoki boşpana söraş imkonini beruvçi dasturlar bekor qilindi. Natijada minglab odamlar jiddiy muammolarga duç kelmoqda.