Turkiyadagi özbekistonliklar ogohlantirildi
21-04-2025, 15:27
461 марта

Sönggi paytlarda Turkiyada yaşaş (ikamet izni) va mehnat qiliş ruxsatnomalarini (çalı izni) rasmiylaştiriş, mamlakatga kiriş taqiqini bekor qiliş hamda jarimalarni tölaş bilan boğliq firibgarlik holatlari keskin ortmoqda. Özbekistonning Istanbul şahridagi boş konsulxonasi mazkur masalada ogohlantiriş bilan çiqdi.
Qayd etilişiça, köp hollarda konsalting firmalari (danışmanlık şirketleri ) yuqoridagi masalalarni hal qilişga vada berib, özbekistonliklarning katta miqdordagi pullarini aldov yöli bilan özlaştirmoqda. Jabrlanuvçilar uşbu şaxslar bilan yozma şartnoma yoki hujjatlaştirilgan kelişuvlar tuzmagani bois qonuniy tartibda öz mablağlarini qaytarib ololmayapti.
“Eng xavotirli jihatlardan biri ayrim firibgarlarning ilgari Turkiyadan deportatsiya qilingan va kiriş taqiqi qöyilgan Özbekiston fuqarolarini boşqa davlatning qalbaki pasportlari orqali mamlakatga olib kirişga uriniş holatlaridir. Bu esa öz örnida yurtdoşlarimizni murakkab va jinoiy javobgarlikka olib keladigan vaziyatlarga solmoqda”, deyiladi xabarda.
Şuningdek, ayrim şaxslar “GÖÇ idorasidagi (Migratsiya xizmati) jarimangizni örningizga tölab beramiz” degan vadalar bilan pullarni özlaştiriş holatlari ham aniqlanmoqda. Ular jabrlanuvçilarni “özingiz borsangiz uşlanib qolasiz” degan yolğonlar bilan qörqitib, ularning mablağlarini özlaştirmoqda.