Bitiruvçilar uçun 3 yil işlab beriş talabi bekor qilinişi mumkin
18-03-2026, 11:02
58 марта

Jumladan, amaldagi nizomda belgilangan “kamida uç yil” işlab beriş majburiyatiga oid normalar çiqarib taşlanişi taklif etilmoqda. Yangi tartibga muvofiq, davlat grantlari asosida tahsil olgan bitiruvçilarning işlab beriş muddati talim yönalişining öziga xos xususiyatlarini inobatga olgan holda vakolatli organ tomonidan alohida belgilanadi.
Şuningdek, bitiruvçilarni işga taqsimlaş bilan boğliq ayrim tuşunçalarga aniqlik kiritilib, “doimiy yaşaş joyi” atamasini “yaşaş joyi” deb almaştiriş közda tutilmoqda.
Qaror loyihasida işlab beriş majburiyatini belgilaşda yagona yondaşuvdan voz keçib, sohalar kesimida differentsial tartibni joriy etiş orqali kadrlar tayyorlaş samaradorligini oşiriş maqsad qilingan.
Mazkur özgartişlar bitiruvçilarni iş bilan taminlaş jarayonini yanada şaffof va samarali taşkil etişga, şuningdek, mehnat bozori ehtiyojlariga mos kadrlar tayyorlaş tizimini rivojlantirişga xizmat qiladi.