USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Qişloq xöjaligi yerlarini ijaraga beriş tartibiga özgartirişlar kiritildi

570 марта

Qişloq xöjaligi yerlarini ijaraga beriş tartibiga özgartirişlar kiritildi

Özbekistonda qişloq xöjaligiga möljallangan yer uçastkalarini ijaraga beriş tartibiga qator özgartiriş va qöşimçalar kiritildi. Şuni nazarda tutuvçi hukumat qarori 23 dekabr kuni qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, 2021 yil 24 noyabrdagi “Qişloq xöjaligiga möljallangan yer uçastkalarini ijaraga beriş tartibiga doir normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlaş töğrisida”gi 709 son qarorga özgartiriş va qöşimçalar kiritildi.

Yangilangan tartibda yer uçastkasini qisman qayta ijaraga berişda maydon meyorlari, konturlar yaxlitligi hamda suğoriş tizimini saqlaş talablari belgilandi. Qarorga köra, qişloq xöjaligiga möljallangan yer uçastkasi ijaraçisining özida qoladigan hamda qayta ijaraga oluvçiga ötkaziladigan yer maydoni Yer kodeksining 46¹-moddasida belgilangan eng kam ölçamlardan (0,06 gektardan 1 gektargaça) kam bölmasligi şart.

Şuningdek, yer uçastkasini qisman qayta ijaraga berişda uni ijaraçi va qayta ijaraga oluvçi örtasida taqsimlaş qişloq xöjaligi xaritasidagi konturlar yaxlitligini hamda amaldagi suğoriş tizimini saqlagan holda amalga oşirilişi belgilandi. Bu jarayon alohida turgan konturlarni qayta taqsimlaş orqali bajariladi.

Bundan taşqari, yer uçastkasini qisman qayta ijaraga berişda taraflar yerni böliş va yangi çegaralarini belgilaş bilan boğliq davlat xizmatlaridan foydalanişi közda tutilgan

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: