Tarixiy obektlarni auktsion orqali ijaraga beriş rejalaştirilyapti
14-07-2025, 16:26
132 марта

Tarixiy obektlarni auktsion orqali ijaraga beriş rejalaştirilyapti
2025 yil 1 iyuldan moddiy madaniy meros obektlari va ularga tutaş hududlar ularni obodonlaştiriş va zarur holatda saqlaş böyiça investitsiya majburiyatlari olgan holda elektron onlayn-autsion savdolari orqali ijaraga berilişi mumkin.Öz navbatida, Moddiy madaniy meros obektlarini va ularga tutaş hududlarni ijaraga beriş va ulardan foydalaniş tartibi töğrisidagi nizom tasdiqlanadi va Madaniy meros agentligi huzurida davlat muassasasi şaklida Madaniy meros obektlaridan foydalaniş Direktsiyasi taşkil etiladi.
2025 yil 1 sentyabrdan joriy yil yakuniga qadar respublikadagi barça davlat mulki bölgan madaniy meros obektlari (muhim bölgan strategik obektlar, mudofaa va davlat xavfsizlik obektlari, ijtimoiy soha obektlari, şuningdek, davlat taşkilotlari va idoralari tomonidan notijorat maqsadlarda foydalaniladigan obektlar bundan mustasno) keyinçalik samarali foydalaniş va ijaraga beriş uçun operativ boşqariş huquqi bilan Direktsiyaga ötkaziladi.
Madaniy meros obektlarini va ularning qismini ijaraga berişdan tuşgan mablağlar töliqligiça Direktsiyaga yönaltiriladi.
Malum qilinişiça, bugungi kunda respublikada 8 370 ta (şundan 7 819 ta davlat mulki va 551 xususiy mulk) madaniy meros obektlari mavjud bölib, ulardan 169 tasi ijaraga berilgan.
Şu bilan birga, 8 370 ta madaniy meros obektlarining 4 797 tasi arxeologiya obektlari, 2 270 tasi arxitektura obektlari, 773 tasi monumental sanat obektlari va 530 ta diqqatga sazovor joylar hisoblanadi.
Şuningdek, ijaraga berilgan 169 ta madaniy meros obektlari böyiça 1 029 ta şartnomalar imzolangan.