Suvlari hisoblagiçsiz suv olinganda soliq tölovi beş baravar oşiriladi
1-05-2025, 13:20
179 марта
Suvlari hisoblagiçsiz suv olinganda soliq tölovi beş baravar oşiriladi Senatning 30-apreldagi yalpi majlisida yer va suv resurslarini muhofaza qilişning huquqiy asoslarini takomillaştirişga qaratilgan qonun maqullandi.
Majlisda qayd etilişiça, hozirgi vaqtda böş turgan yerlarni hisobga oliş, qişloq xöjaligiga möljallangan yerlarni yer fondining boşqa toifasiga ötkaziş mexanizmlarini takomillaştiriş, huquq egalarining yer uçastkalarini olganlik uçun haq tölaşni amalga oşiriş yuzasidan masuliyatini kuçaytiriş zarurati tuğilmoqda.
Şuningdek, yer osti suvlarini yerlarni suğoriş va boşqa maqsadlar uçun oliş keskin ösgani, şuningdek quduqlarni ruxsatsiz burğilaş va suvlardan nazoratsiz, hisobga olmasdan foydalaniş hollari davom etayotganligi sababli yerosti suv resurslarini muhofaza qiliş çoralarini kuçaytiriş zarur.
Qonun bilan Yer kodeksiga davlat mulkidagi böş turgan yerlarning hisobga olinişini taşkil etişni, qişloq xöjaligiga möljallangan yer uçastkalarida ruxsat etilgan foydalanişning asosiy turiga mos bölgan obektlarni joylaştirişni, yer uçastkalarini olganlik uçun haq belgilangan muddatlarda tölanmaganda yer uçastkalariga bölgan huquqni bekor qilişni nazarda tutuvçi qöşimça va özgartirişlar kiritilmoqda.
Şuningdek, qişloq xöjaligiga möljallangan yerlarning turlariga aniqlik kiritilmoqda, suğoriladigan yerlarni yer fondining boşqa toifasiga yoki suğorilmaydigan yerlar toifasiga ötkaziş böyiça aniq talablar belgilanmoqda, qişloq xöjaligi va örmon xöjaligi işlab çiqarişining nobudgarçiliklari örnini qoplaş zarur bölgan hollar kengaytirilmoqda.
“Litsenziyalaş, ruxsat beriş va xabardor qiliş tartib-taomillari töğrisida”gi qonunga yerosti suvlariga quduqni burğilaş uçun ruxsatnoma beriş örniga yer osti suvlariga quduqlarni burğilaş faoliyatiga ruxsatnoma beriş tartibini joriy etiş belgilanmoqda. Jumladan, Soliq kodeksida yerosti suvlaridan foydalanuvçilar tomonidan suvni hisobga oliş vositalarisiz suv olinganida soliqtölovini belgilangan soliq stavkasining beş baravari miqdorida undiriş nazarda tutilmoqda.