USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼ USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

4 ta partiya birgalikda ÖzLiDeP kiritgan qonunni ötkazmadi

213 марта

4 ta partiya birgalikda ÖzLiDeP kiritgan qonunni ötkazmadi

Keça, 29 aprel kuni bölib ötgan Oliy Majlis Qonunçilik palatasining yalpi majlisida Özbekiston liberal demokratik partiyasi tomonidan kiritilgan “Özbekiston Respublikasining Mehnat kodeksiga xususiy sektor uçun belgilangan ijtimoiy majburiyatlarni erkinlaştirişga qaratilgan özgartiriş va qöşimçalar kiritiş töğrisida”gi qonun loyihasini boşqa 4 ta partiya vakillari rad etib, qarşi ovoz berdi. Bu haqda Oliy Majlis Qonunçilik palatasi matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilişiça, qonun loyihasida Mehnat kodeksiga quyidagi özgartiriş va qöşimçalar kiritiş nazarda tutilgan:
  • mehnat şartnomasini xodimning taşabbusi bilan bekor qilişda arizani çaqirib oliş jarayonida iş beruvçining iştirokini taminlaş orqali tomonlarning masuliyatini oşiriş;
  • mehnat şartnomasini iş beruvçi taşabbusiga köra bekor qilişda kasaba uyuşmasi qömitasi yoki mahalliy mehnat organi bilan kelişiş jarayonlarini soddalaştiriş orqali xabardor qiliş tartibiga ötkaziş;
  • xodimning uzoq muddat mehnatga qobiliyatsiz bölişi natijasida mehnat şartnomasini bekor qiliş asoslarini takomillaştiriş;
  • tadbirkorlik subektlarida örindoşlik asosida faoliyat yuritayotgan xodim bilan mehnat şartnomasi bekor qilinganda ogohlantiriş muddati va kompensatsiya tölovlarini bekor qiliş.
Majlisda uşbu qonun loyihasi qizğin muhokamalarga, bahs va tortişuvlarga sabab bölgan. Yakunda u yetarli ovoz ololmagan va taşabbuskorlarga qaytarilgan. Ovoz beriş natijalariga köra, qonun loyihasi taşabbuskori bölgan ÖzLiDeP deputatlari töliq uni qöllab-quvvatlagan – 57 ovoz. Qolgan 4 ta partiyaning 71 nafar deputati qarşi ovoz bergan bölsa, 2 nafar Milliy tiklaniş partiyasi azolari betaraf qolgan.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: