Rasman: Toşkent propiskasi haqidagi qonun bekor qilinmoqda

“Toşkent şahri va Toşkent viloyatida doimiy yaşaş joyi böyiça röyxatga olinişi lozim bölgan şaxslar – Özbekiston Respublikasi fuqarolari toifalarining röyxati töğrisida”gi qonun 2025 yil 12 oktyabrdan boşlab öz kuçini yöqotadi.
Şu sanadan etiboran, “Özbekiston Respublikasi fuqarolarini, çet el fuqarolarini hamda fuqaroligi bölmagan şaxslarni yaşaş joyi va turgan joyi böyiça röyxatdan ötkaziş töğrisida”gi, prezident tomonidan 10 iyul kuni imzolangan qonun kuçga kiradi.
Kuçini yöqotadigan qonunda Toşkent şahri va Toşkent viloyatida doimiy yaşaş joyi böyiça röyxatga olinişi lozim bölgan fuqarolarning 12 xil toifasi belgilangan edi. Uç oydan keyin bu tartib bekor qilinib, butun Özbekiston hududida yagona qoidalar amal qila boşlaydi.
Yangi qonunning 3-moddasiga köra, yaşaş joyi va turgan joyi böyiça röyxatdan ötkaziş – ruxsat etiş xususiyatiga ega emas, deb belgilandi. Bu bilan, Özbekiston fuqarolari boşqa joyga köçganda, köçib borgan joyida röyxatda turiş uçun davlatdan ruxsat söraşi emas, balki davlatni xabardor qilişi tartibi joriy etilmoqda.
Qonunga köra, fuqarolar yaşaş joyi va turgan joyi böyiça röyxatdan ötişi şart. Şaxsning yaşaşi uçun unga joy bergan mulkdor (yoki turar joyni tasarruf etiş huquqiga ega şaxs) – unga qaraşli joyda yaşay boşlagan şaxsni öz vaqtida röyxatdan ötkazişi kerak.
Registratsiya muddatlari:
- Özbekiston fuqarolari, Özbekistonda doimiy yaşovçi çet el fuqarolari va fuqaroligi bölmagan şaxslar öz yaşaş joyi yoki turgan joyi özgargan taqdirda, yangi yaşaş joyiga yoki turgan joyiga kelgan kundan etiboran 10 iş kunidan keçiktirmay, yaşaş joyi yoki turgan joyi böyiça röyxatdan ötişi şart.
- Özbekistonning xorijda doimiy yaşovçi fuqarolari Özbekistonga kirgan kundan etiboran 10 iş kunidan keçiktirmay, yaşaş joy yoki turgan joyi böyiça röyxatdan ötişi şart.
- Özbekistonda doimiy yaşamaydigan çet el fuqarolari va fuqaroligi bölmagan şaxslar Özbekistonga kirgan kunidan etiboran, agar Özbekistonning xalqaro şartnomalari va qonunçiligida boşqaça muddat nazarda tutilmagan bölsa, 3 iş kunidan keçiktirmay turgan joyi böyiça röyxatdan ötişi şart.
Yangi qonunga asosan, Özbekiston fuqarolari yaşaş joyi böyiça röyxatdan ötiş uçun içki işlar organlarining migratsiya va fuqarolikni rasmiylaştiriş bölinmalari yoki davlat xizmatlari markazlariga borgan holda, yoxud YaIDXP orqali onlayn tarzda xabardor qilişi kerak.
Bolani öz ota-onasining yoki ota-onasidan birining yaşaş joyi yoki turgan joyi böyiça röyxatdan ötkazişda turar joy mulkdorining (mulkdorlarining) arizasi (roziligi) talab etilmaydi.
Turgan joyi böyiça röyxatdan ötkazişda, soliq organlarida hisobga olingan turar joyning ijara şartnomasi taqdim etilganda, turar joy mulkdorining (mulkdorlarining) arizasi (roziligi) talab etilmaydi.
Özbekiston fuqarosining yaşaş joyi böyiça röyxatdan ötganligining mavjud emasligi – uni turgan joyi böyiça röyxatdan ötkazişni rad etiş uçun asos bölmaydi.
Özbekiston fuqarosini yaşaş joyi yoki turgan joyi böyiça röyxatdan ötkaziş töğrisidagi arizani körib çiqiş muddati 1 iş kunidan oşmasligi kerak. Röyxatdan ötgan şaxsga elektron va (yoki) qoğoz şaklidagi malumotnoma rasmiylaştiriladi.
Agar turgan joyi böyiça röyxatdan ötganlik muddati tugagan bölsa, ammo şaxs uşbu joyda bölişda davom etsa, u 10 iş kuni içida turgan joyi böyiça yangidan röyxatdan ötişi zarur.
Qonunga köra, röyxatdan ötkazişda uy-joy maydonining ijtimoiy normasiga rioya qiliş talab etiladi.