Endi har bir haydovçi faqat öz hududida taksiçilik qiladi
12-06-2025, 09:45
991 марта
Endi har bir haydovçi faqat öz hududida taksiçilik qiladiIdtimoiy tarmoqlarda endi hamma özining viloyatida taksiçilik qila oladi mazmunidagi video aholi orasida keng noroziliklarga sabab böldi. Mazkur holat yuzasidan Transport vazirligi axborot xizmati rahbari Navröz Aşurmatov munosabat bildirgan.
Videoda, Toşkent şahriga tegişli avtoraqamdagi maşinani boşqarib yurgan Qoraqalpoğistonlik fuqaroga, DHMdagilar "Sizga raqamingiz 01 bölgani uçun litsenziya beryapmiz, agar boşqa viloyatniki bölganida bermas edik, bu borada qonun imzolangan", deya tuşuntirişgani aytiladi.
Navröz Aşurmatovga köra, bu tizim yangilik emas, 2011 yilda yönalişli taksilar faoliyatini tartibga soluvçi 139-sonli hukumat qarori qabul qilingan. Unda haydovçining yölovçilarni faqatgina litsenziya kartoçkasida körsatilgan hududda taşişi kerakligi qayd etilgan. Ammo bu qaror hozir kuçini yöqotgan.
2025 yilda qabul qilingan yangi tartibga köra, haydovçi öz litsenziyasida körsatilgan hudud yoki unga tutaş hududda işlaşi belgilangan. Bu tartib ayni paytda amaliyotda joriy qiliniş arafasida.
"Masalan Toşkent şahrida röyxatdan ötgan 01 kod bilan boşlanuvçi davlat raqamli transport vositasi Toşkent şahri, Toşkent viloyati va Sirdaryo viloyati hududida taksiçilik faoliyati bilan şuğullanişi mumkin. Xuddi şuningdek, viloyatlarniki ham xuddi şunaqa böladi," — deydi Aşurmatov.