USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼ USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Turkiyaning Toşkentdagi maktabiga yangi yer ajratib berildi

260 марта

Turkiyaning Toşkentdagi maktabiga yangi yer ajratib berildi

Turkiya Respublikasining Özbekistondagi maktabiga bino quriş uçun yer ajratib berildi. Bu haqdagi qaror Toşkent şahar hokimi Şavkat Umurzoqov tomonidan joriy yilning 5 iyun kuni imzolangan. 
Qarorda qayd etilişiça, Turkiya Respublikasi elçixonasi qoşida maktab binosi qurilişi uçun Toşkent şahri, Şayxontohur tumani, Kohota MFY hududida joylaşgan aholi punktlari yerlaridan maydoni 0,31 gektarli yer uçastkasi (çegara rejasiga muvofiq) Özbekiston Respublikasi Maktabgaça va maktab talimi vazirligiga doimiy foydalanişga ajratib beriladi. 
Hujjatda urğulanişiça, agar Yer kodeksining 36-moddasida körsatib ötilgan holatlar yuzaga kelganda, uşbu qaror belgilangan tartibda bekor qilinişi ham mumkin.  
Eslatib ötamiz, joriy yilning 6 fevral kuni Turkiyaning öşa vaqtdagi Özbekistondagi elçisi Olgan Bekar Toşkent şahar hokimi Şavkat Umurzoqov bilan uçraşgandi. Elçi qabul uçun Umurzoqovga minnatdorlik bildirib, Özbekistondagi diplomatik missiyasi yakuniga yetayotganini malum qilgan hamda avval muhokama qilingan masalalar – Turk maktabini kengaytiriş, Turkiyaning birinçi prezidenti Mustafo Kamol Otaturk nomini Toşkent köçalaridan biriga beriş hamda Toşkent şahrida Turk boğini taşkil etiş böyiça öz mulohazalarini bildirgan.
Malumot uçun, Özbekistonda turk maktabi 1993 yilda taşkil etilgan. 1998 yilda esa akademik litsey öz faoliyatini boşlagan. Unda faqat Turkiya fuqaroligiga ega oilalarning farzandlari Turkiya milliy talim vazirligi tomonidan belgilab berilgan dastur asosida öqitiladi. 

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: