Röyxatdan ötmagan xorijliklarni joylaştirganlarga jazo kuçaytiriladi
Özbekistonda xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bölmagan şaxslarni belgilangan tartibda röyxatdan ötkazmasdan joylaştirgan mehmonxonalar, xostellar, sanatoriylar va boşqa joylaştiriş obektlari uçun javobgarlik kuçaytirilişi mumkin. Mazkur mazmundagi qonun loyihasi Oliy Majlis Qonunçilik palatasining joriy yil 22 iyul kuni bölib ötgan navbatdagi yalpi majlisida muhakama qilindi.
Qonun loyihasi yuzasidan maruza qilgan Içki işlar vaziri örinbosari Diyorbek Sattorovning aytişiça, 2026 yilning dastlabki beş oyida Özbekistonga kelgan xorijiy sayyohlar soni 27 foizga oşib, 5,5 million nafarga yetgan. Bugungi kunda 80 dan ortiq davlat fuqarolari uçun vizasiz tartib amal qilmoqda, şuningdek, elektron viza tizimi ham joriy etilgan.
Şu bilan birga, ayrim mehmonxonalar, xostellar, sayyohlik bazalari, pansionatlar, kempinglar, sanatoriylar hamda davlat va xususiy davolaş muassasalari xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bölmagan şaxslarni “E-mehmon” tizimi orqali vaqtinçalik röyxatdan ötkazmasdan qabul qilayotgani qayd etilgan.
Içki işlar vazirligi bunday holatlar çet elliklarning amaldagi yaşaş joyini aniqlaşni qiyinlaştirayotgani, şuningdek, ayrim subektlarga soliqlardan böyin tovlaş va yaşirin iqtisodiyot faoliyatini yuritiş imkonini berayotganini takidlagan.
Şu sababli qonun loyihasi bilan Mamuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 225-moddasiga joylaştiriş obektlari hamda davolaş muassasalari mansabdor şaxslari uçun xorijliklarni röyxatga oliş qoidalarini buzganlik böyiça alohida javobgarlik belgilaş taklif etilmoqda.
Bundan taşqari, bir yil davomida takror sodir etilgan huquqbuzarliklar uçun javobgarlikni kuçaytiriş, şuningdek, şaxsini tasdiqlovçi hujjatlarsiz fuqarolarni joylaştirişga yöl qöygan mansabdor şaxslar uçun ham qatiyroq jazo çoralarini joriy etiş közda tutilgan. Mazkur toifadagi mamuriy işlarni körib çiqiş vakolatini içki işlar organlariga beriş rejalaştirilmoqda.
Qonun loyihasi bilan, şuningdek, amaldagi qonunçilikdagi atamalarni yagona tizimga keltiriş maqsadida 24 ta qonunga texnik özgartirişlar kiritiş nazarda tutilgan. Xususan, “doimiy yaşaş joyi” va “vaqtinçalik yaşaş joyi” atamalari mos ravişda “yaşaş joyi” va “turgan joyi” tuşunçalari bilan almaştiriladi.
Malumot uçun, 2025 yil oktyabr oyidan “Özbekiston Respublikasi fuqarolarini, çet el fuqarolarini va fuqaroligi bölmagan şaxslarni yaşaş joyi va turgan joyi böyiça hisobga oliş töğrisida”gi qonun kuçga kirgan. Unga muvofiq, “E-xabar beriş” tizimi orqali doimiy yaşovçi xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bölmagan şaxslarni yaşaş joyi böyiça röyxatga oliş tartibi joriy etilgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Özbekistonda yöl harakati qoidalarini qasddan mensimasdan buzib, yöl-transport hodisasiga sabab bölgan şaxslarga nisbatan javobgarlik kuçaytirilişi mumkinligi haqida xabar berilgan edi.