YTH sababçilariga nisbatan jazo kuçaytiriladi
Özbekistonda yöl harakati qoidalarini qasddan mensimasdan buzib, yöl-transport hodisasiga sabab bölgan şaxslarga nisbatan javobgarlik kuçaytiriladi. Bu haqda IIV Jamoat xavfsizligi departamenti Yöl harakati xavfsizligi xizmati boşliği örinbosari Erali Bozorov bugun, 14 iyul kuni Içki işlar organlari faoliyati yuzasidan ötkazilgan joriy yilning birinçi yarim yilligi böyiça tahliliy hisobotida malum qildi.
Erali Bozorovning bildirişiça, mazkur masalani nazarda tutuvçi qonun loyihasi Oliy Majlis Qonunçilik palatasiga kiritilgan bölib, u bilan yöl harakati qoidalarini qasddan buziş oqibatida YTHga sabab bölgan şaxslarga nisbatan yanada qatiy çoralar qöllaş taklif etilmoqda.
Malumot uçun, 2025 yil 1 iyundan yöl-patrul xizmati xodimlari tomonidan Mamuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 12-moddasi (mamuriy huquqbuzarlikni ehtiyotsizlik orqasida sodir etiş) asosida yozilgan bayonnomalarga köra, joriy yilning 1 aprelidan esa qoidabuzarliklarni avtomatik ravişda aniqlovçi qurilmalar tomonidan qayd etilgan 4 turdagi qoidabuzarlik, yani svetoforning taqiqlovçi işorasiga böysunmaslik, töxtaş va töxtab turiş qoidalarini buziş, yölning qarama-qarşi yölagida harakatlaniş hamda tezlik qoidalariga amal qilmaslik uçun jarima ballari hisoblanişi belgilangan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Özbekistonda 671 nafar haydovçi 12 balldan yuqori jarima ballini töplagani hamda joriy yilning 1 aprelidan jarima ballari tizimi joriy etilganidan beri jami 399 269 nafar fuqaroga nisbatan mamuriy ogohlantiriş çorasi qöllanilgani haqida xabar berilgan edi.