Yöllardagi ayrim huquqbuzarliklar uçun birinçi martada ogohlantiriş beriladi
5-02-2026, 14:29
410 марта

Yöllardagi ayrim huquqbuzarliklar uçun birinçi martada ogohlantiriş beriladi
Özbekistonda yöl harakati bilan boğliq ayrim huquqbuzarliklar uçun mamuriy ogohlantiriş qöllanadi. Bu haqda keça, 4 fevral kuni qabul qilingan Özbekiston Respublikasining 1116-sonli qonuni bilan qöşimça va özgartirişlar kiritilgan Mamuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksda söz boradi.Unga köra, yöl harakati xavfsizligi bilan boğliq kam ahamiyatli huquqbuzarliklar uçun mamuriy ogohlantiriş jazosi qöllanilişi belgilandi.
Mamuriy ogohlantiriş hukuqbuzarlik sodir etgan şaxsni qonunga xilof xatti-harakatlarga yöl qöymaslik töğrisida ogohlantirgan holda unga rasmiy tanbeh berişdir.
Mamuriy ogohlantiriş yozma (elektron) ravişda qöllanadi.
Mamuriy ogohlantiriş kodeks 125-moddasining (transport vositalaridan foydalaniş qoidalarini buziş) 1- va 2- qismlarida, 128-1-(transport vositasini boşqariş vaqtida haydovçilarning telefondan foydalanişi), 128-2-(transport vositasini boşqariş vaqtida tele-, videodasturlarni tomoşa qiliş maqsadida monitordan (displeydan) foydalaniş), 128-6-(transport vositalari haydovçilarining töxtaş yoki töxtab turiş qoidalarini buzişi), 135-1-moddalari (transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy suğurta qiliş töğrisidagi qonunçilikning talablarini buziş) hamda 138-moddasi (piyodalar va yöl harakati boşqa iştirokçilarining yöl harakati qoidalarini buzişi) 1- va 2-qismlarida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etgan şaxslarga nisbatan qöllanadi.
Bunda şaxs öz qilmişidan çin köngildan puşaymon bölganda, şuningdek, kodeksda nazarda tutilgan boşqa huquqbuzarliklar alomatlari bölmaganda, mamuriy jazo çorasini qöllaşga vakolatli organ tomonidan qöllaniladi.
Mamuriy ogohlantiriş ayni bir şaxsga nisbatan 1 yil davomida 1 martadan ortiq qöllanilişi mumkin emas.