Özbekistonda ayrim yöl harakati qoidabuzarliklari uçun dastlab ogohlantiriladi
2-11-2025, 15:52
959 марта

Özbekistonda ayrim yöl harakati qoidabuzarliklari uçun dastlab ogohlantiriladi
Senat 1 noyabrdagi yalpi majlisda ijtimoiy xavfliligi kam bölgan yöl harakati xavfsizligi bilan boğliq huquqbuzarliklar uçun ogohlantiriş jazosini qöllaşni nazarda tutuvçi qonunni maqulladi.Majlisda qayd etilişiça, ayrim xorijiy davlatlarda mamuriy huquqbuzarliklar sodir etganlik uçun jarima jazolaridan taşqari “oğzaki ogohlantiriş” va “ogohlantiriş” jazosi borligi, bunda birinçi marta kam ahamiyatli mamuriy huquqbuzarlik sodir etgan fuqarolarni jarimaga tortiş örniga, sodir etgan qilmişining ijtimoiy oqibatlarini tuşuntirgan holda ogohlantiriş amaliyotda bunday qilmişlarni sodir etilişining oldini olişda yuqori natijalarga erişilayotgani kuzatilmoqda.
Qonun bilan Özbekiston Mamuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksiga yöl harakati xavfsizligi bilan boğliq bölgan kam ahamiyatli huquqbuzarliklar uçun mamuriy ogohlantiriş jazosi qöllanilişini, maxsus avtomatlaştirilgan foto va video qayd etiş texnika vositalari orqali qayd etiladigan mamuriy huquqbuzarliklarning röyxatini hamda bunday texnika vositalari orqali qayd etilgan huquqbuzarliklar uçun mamuriy jazo qöllanilişi muddatlari aniq belgilanişini nazarda tutuvçi qöşimça va özgartirişlar kiritilmoqda.
Yani Mamuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksda 241-modda töldirilib, mamuriy jazo sifatida mamuriy ogohlantiriş çorasi kiritilmoqda. Kodeks yangi 171-modda bilan töldirilib, foto va video qayd etiş texnika vositalari orqali qayd etiladigan qoidabuzarliklarning turi aniq belgilanmoqda.
Şuningdek, yöl harakati qoidalari buzilgani maxsus texnika vositalari orqali qayd etilgan hollarda mamuriy jazo huquqbuzarlik sodir etilgan kundan etiboran bir oydan keçiktirmay qöllanilişi aniq belgilab qöyilmoqda.
Qanday yöl qoidabuzarliklari uçun dastlab ogohlantiriladi?
2025 yilning iyunida Qonunçilik palatasi Korruptsiyaga qarşi kuraşiş va sud-huquq masalalari qömitasi raisi Jahongir Şirinov uşbu qonun bilan transport vositasini boşqariş jarayonida kamar taqmaslik, texnik körikdan ötkazmaganlik, tegişli jihozlar bilan taminlanmaganlik, boşqariş davomida telefondan foydalaniş, monitordan foydalaniş, töxtaş va töxtab turiş qoidalarini buziş, majburiy suğurta talablarini buziş, piyodalar va boşqa yöl harakati iştirokçilarining yöl harakati qoidalariga amal qilmasligi kabi holatlar uçun bir yilda bir marta ogohlantiriş qöllaş rejalaştirilayotganini aytgandi.