Endi suvdan foylaniş qoidalari buzilgani haqida video yuborganlar rağbatlantiriladi
11-06-2025, 14:58
172 марта

Endi suvdan foylaniş qoidalari buzilgani haqida video yuborganlar rağbatlantiriladi
Özbekistonda suv xöjaligi sohasidagi huquqbuzarliklar töğrisidagi videomateriallarni yuborgan şaxslar rağbatlantiriladi. Bu haqda joriy yilning 7 iyun kuni qabul qilingan Hukumat qarori bilan tasdiqlangan “Jismoniy şaxslar tomonidan qayd etilgan suv xöjaligi sohasidagi huquqbuzarliklar töğrisidagi fotosuratlar va (yoki) videoyozuvlarni qabul qiliş, körib çiqiş hamda ularni taqdim etgan şaxslarni rağbatlantiriş tartibi haqida”gi nizomda söz boradi.Nizom Mamuriy javobgarlik töğrisidagi kodeks 74-moddasining 2-qismida nazarda tutilgan mamuriy huquqbuzarliklarga nisbatan tatbiq etiladi.
Foto va videomateriallarda quyidagilar aks ettirilişi lozim:
- sodir etilgan huquqbuzarlik;
- huquqbuzarlik sodir etgan şaxs töğrisidagi malumotlar (agar mavjud bölsa);
- huquqbuzarlik sodir etilgan manzil, aniqlangan sana va vaqt.
Foto va videomateriallar 10 kun muddatda inspektsiyaning masul xodimi tomonidan körib çiqiladi.
Huquqbuzarlik 1-marotaba sodir etilgan bölsa, huquqbuzarga suvdan foydalaniş va suv istemoli tartibi (qoidalari) takroran buzilişining oldini olişga qaratilgan tavsiyalar yuboriladi.
Mamuriy jazo çorasi qöllanganidan keyin 1 yil davomida huquqbuzarlik takroran sodir etilgan taqdirda, Mamuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksining tegişli moddalarida nazarda tutilgan miqdorlarda jarima solişga sabab böladi.
Foto va videomateriallarni yuborgan şaxslar huquqbuzardan undirilgan jarima hisobidan BHMning 25 foizi miqdorida pul mukofoti bilan rağbatlantiriladi.