Özbekiston va Serbiya Prezidentlari qöşma biznes qatnaşdi
Bugun, 8 sentyabr kuni Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev va Serbiya Respublikasi Prezidenti Aleksandr Vuçiç qöşma biznes forumida iştirok etdi. Bu haqda Özbekiston yetakçisining matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilişiça, tadbirda ikki mamlakatning 200 nafardan ziyod rasmiy va işbilarmon doira vakillari, yetakçi sanoat va savdo korxonalari rahbarlari, xususan, Serbiyaning “Galenika”, “AbelaPharm”, “Gosa FOM”, “YUMCO”, “Luss Textile” kabi kompaniyalari qatnaşgan.

Özbekiston rahbari öz nutqida samarali ötgan oliy darajadagi muzokaralar ikki tomonlama aloqalarda yangi sahifa oçganini takidlagan. Özbekiston va Serbiya örtasida strategik şeriklik munosabatlari örnatilgani asosiy natija bölgan.
Özaro yetkazib beriladigan mahsulotlar turini kengaytiriş va bojxona tartib-taomillarini soddalaştiriş hisobiga özaro savdo hajmini bir neça barobar oşiriş böyiça marra belgilangan. Sanoat kooperatsiyasini rivojlantiriş maqsadida 2026-2028 yillarga möljallangan qöşma harakatlar rejasi qabul qilingan.

Özbekiston Prezidenti iqtisodiy şeriklikni yanada rivojlantirişning ustuvor yönalişlarini körsatib ötgan. Töqimaçilik va elektrotexnika mahsulotlari, avtomobil va sanoat butlovçi qismlarini birgalikda işlab çiqarişni yölga qöyiş, farmatsevtika preparatlarini mahalliylaştiriş, meva-sabzavot mahsulotlarini çuqur qayta işlaş, dasturiy taminot va suniy intellekt sohalarida loyihalarni amalga oşiriş şular jumlasidan.

Özbekiston yetakçisi Serbiya biznesi uçun mamlakatda qulay investitsiya va işbilarmonlik muhitini yaratişga hamda har bir qöşma loyihani amalga oşirişda amaliy kömak körsatişga tayyorligini bildirgan.
Yakunda qator ikki tomonlama iqtisodiy bitimlar va savdo şartnomalari imzolangan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Belgrad şahrida bölib ötgan muzokaralar yakunlari böyiça Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev va Serbiya Respublikasi Prezidenti Aleksandr Vuçiç Strategik şeriklik munosabatlarini örnatiş töğrisida qöşma deklaratsiyani imzolagani haqida xabar berilgan edi. Şuningdek, Belgrad şahridagi tadbirlar doirasida Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevni Serbiyaning oliy davlat mukofoti – Katta zanjirli Serbiya Respublikasi ordeni bilan taqdirlaş marosimi bölib ötdi.