Şavkat Mirziyoyevning Serbiyaga taşrifi yakunlandi
Bugun, 8 sentyabr kuni Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning Serbiyaga rasmiy taşrifi yakunlandi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilişiça, Belgrad şahridagi Nikola Tesla nomidagi xalqaro aeroportda oliy martabali mehmonlarni Serbiya Respublikasi Prezidenti Aleksandr Vuçiç va rafiqasi kuzatib qöygan.

Qayd etilişiça, Prezidentning Serbiyaga ilk rasmiy taşrifi ikki tomonlama munosabatlar tarixida yangi bosqiçni boşlab bergan. Muzokaralar yakunlari böyiça davlat rahbarlari Strategik şeriklik munosabatlarini örnatiş töğrisidagi qöşma deklaratsiyani imzolagan. Bundan taşqari, ustuvor yönalişlarda erişilgan kelişuvlarni mustahkamlagan salmoqli hujjatlar töplami almaşilgan.

Özbekiston yetakçisiga Serbiyaning oliy davlat mukofoti – Katta zanjirli Serbiya Respublikasi ordenini tantanali ravişda topşiriş marosimi bölib ötgan.
Şuningdek, Belgrad köçalaridan biriga “Toşkent” nomi berilgan.
Işbilarmonlik dasturi doirasida ikki davlat rahbarlari qöşma biznes forumida iştirok etgan.
Rasmiy taşrif yakunlangaç, Özbekiston Prezidenti Toşkentga jönab ketgan.

Serbiya havo hududida oliy martabali mehmonning samolyotiga uşbu mamlakat Harbiy havo kuçlarining qiruvçi uçoqlari hamrohlik qilgan.