USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Şavkat Mirziyoyevning Gruziyaga taşrifi yakunlandi

63 марта
Шавкат Мирзиёевнинг Грузияга ташрифи якунланди

Bugun, 3 iyul kuni Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning Gruziyaga davlat taşrifi doirasidagi tadbirlar yakuniga yetdi. Şota Rustaveli nomidagi xalqaro aeroportda oliy martabali mehmonni Gruziya Boş vaziri Irakliy Kobaxidze kuzatib qöydi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilişiça, Tbilisi şahrida davlat rahbari Gruziya Prezidenti Mixail Kavelaşvili va Boş vaziri Irakliy Kobaxidze bilan muzokaralar ötkazgan.

Özbekiston – Gruziya döstlik va köp qirrali hamkorlik munosabatlarini yanada mustahkamlaş hamda siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, transport-tranzit, turizm hamda madaniy-gumanitar sohalardagi amaliy hamkorlikni kengaytirişning muhim masalalari körib çiqilgan.

Muzokaralar yakunida Strategik şeriklik munosabatlarini örnatiş töğrisidagi deklaratsiya imzolangan. Bundan taşqari, ustuvor yönalişlardagi hamkorlikni yanada rivojlantirişga qaratilgan ikki tomonlama hujjatlarning salmoqli töplami almaşilgan.

Orbeliani saroyida Özbekiston yetakçisiga Gruziyaning oliy davlat mukofoti – “Oltin möyna” ordenini tantanali topşiriş marosimi bölib ötdi.

Şuningdek, davlat rahbari Tbilisi şahrida buyuk şoir va mutafakkir Alişer Navoiy haykalining oçiliş marosimida iştirok etdi.

Davlat taşrifi yakunlangaç, Özbekiston Prezidenti Toşkent şahriga jönab ketgan.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: