USD: 11,987 söm ▲ EUR: 13,393 söm ▼ RUB: 146 söm ▼ GBP: 16,060 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 27 söm ▲ TRY: 240 söm ▲ AED: 3,264 söm ▲ USD: 11,987 söm ▲ EUR: 13,393 söm ▼ RUB: 146 söm ▼ GBP: 16,060 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 27 söm ▲ TRY: 240 söm ▲ AED: 3,264 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Şavkat Mirziyoyevning Gruziyaga taşrifi kutilmoqda – Kobaxidze

69 марта
Шавкат Мирзиёевнинг Грузияга ташрифи кутилмоқда – Кобахидзе

Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedovning joriy yil iyul oyida Gruziyaga taşrifi kutilmoqda. Bu haqda bugun, 20 iyun kuni xizmat safari bilan Tojikistonda bölib turgan Gruziya Boş vaziri Irakliy Kobaxidze jurnalistlar bilan suhbatda söz oçdi.

Amaliy taşrif bilan Tojikistonga borgan Irakliy Kobaxidze Tojikiston Boş vaziri Qoxir Rasulzoda bilan uçrşuv ötkazgan. Şundan söng u gruziyalik jurnalistlarning savollariga javob berişi davomida Markaziy Osiyo davlatlari bilan hamkorlikni çuqurlaştiriş alohida ahamiyatga ega ekanini qayd etgan. Hukumat rahbarining bildirişiça, Gruziya yettita davlatni Qora dengiz va şu orqali Ğarb bilan boğlab turadi. Şuning uçun mamlakatning mazkur tranzit salohiyatidan töliq foydalaniş savdo-iqtisodiy nuqtai nazardan muhim ahamiyat kasb etadi.

“Şu munosabat bilan Tojikiston bilan hamkorligimizni yanada çuqurlaştiriş ham muhimdir. Bundan taşqari, yaqinda Qirğizistonga taşrif buyurganimizni bilasizlar, tez orada Qozoğistonga ham taşrif amalga oşiramiz. Iyul oyida esa Özbekiston va Turkmaniston Prezidentlari Gruziyaga keladi”, deydi Boş vazir.

Kobaxidzening aytişiça, Gruziyaning Markaziy Osiyo bilan özaro munosabatlarida juda yaxşi dinamika kuzatilmoqda va bularning barçasi mamlakatning tranzit vazifasini yanada rivojlantirişga xizmat qiladi hamda bu maqsad uçun katta investitsiyalar kiritilmoqda.

U, şu bilan birga, mamlakat qöşni davlatlar bilan munosabatlarni rivojlantirişga ham katta ahamiyat berayotganini aytib ötgan.

“Bilasizlar, bizda Ozarbayjon, Armaniston va Turkiya bilan ajoyib munosabatlar mavjud. Şuningdek, Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan aloqalarni ham imkon qadar rivojlantirmoqdamiz. Uşbu jarayonlar asosida Gruziya öz iqtisodiy salohiyatini röyobga çiqariş borasida sezilarli darajada olğa siljiydi. Bu bizning asosiy ustuvor vazifalarimizdan biridir”, degan Irakliy Kobaxidze.

Eslatib ötamiz, 2025 yilning avgust oyida Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Turkmanistonga amaliy taşrifi doirasida Gruziya Boş vaziri Irakliy Kobaxidzeni qabul qilgan edi.

2025 yilning mart oyida esa Irakliy Kobaxidze rasmiy taşrif bilan Toşkentga kelgandi. Öşanda ham Şavkat Mirziyoyev Kobaxidze boşçiligidagi delegatsiyani qabul qilgan edi. Uçraşuv davomida savdo-iqtisodiyot, investitsiya, transport-logistika, turizm va madaniyat sohalaridagi özaro manfaatli hamkorlikni kengaytiriş masalalari körib çiqilgan.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: