Tbilisida namoyişçilar prezident qarorgohiga bostirib kirdi

Tbilisida namoyişçilar prezident qarorgohiga bostirib kirdi
Tbilisida bir neça muxolifat vakillari bölgan namoyişçilari Gruziya prezidenti Mixail Kavelaşvilining qarorgohi devorini buzib, hovlisiga kirişdi. Bu haqda TV Pirveli xabar berdi.
Namoyişçilar va qarorgohda qöriqçilar örtasida töqnaşuvlar uzoq davom etdi. Namoyişçilar pirotexnika vositalaridan foydalanib, politsiyaga toş otişgan. Voqea joyiga maxsus kuçlar yetib keldi. Huquq-tartibot idoralari xodimlari qalampir gazi va suv purkagiçlardan foydalanişni boşladi, deb xabar beradi.
Gruziya Içki işlar vazirligi norozilik namoyişi noqonuniy bölib qolganini malum qildi.
Gruziyada 4 oktyabr kuni mahalliy saylovlar bölib ötdi. Ovoz beriş 20:00 (Toşkent vaqti bilan 21:00) da tugagan. Gruziya boş vaziri Irakliy Kobaxidze mamlakat böylab barça munitsipalitetlarda ötkazilgan saylovlarda hukmron “Gruziya orzusi-Demokratik Gruziya” partiyasi nomzodlari 70 foizdan ortiq ovoz bilan ğalaba qozonganini malum qildi.