USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼ USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

TIV özbekistonliklarni Los-Anjelesda bölib ötayotgan namoyişlar borasida ogohlikka çaqirdi

337 марта

TIV özbekistonliklarni Los-Anjelesda bölib ötayotgan namoyişlar borasida ogohlikka çaqirdi


Los-Anjelesda uç kundan beri AQŞ prezidenti Donald Trampning immigratsiya siyosatiga qarşi ommaviy norozilik namoyişlari davom etmoqda.
AQŞ Immigratsiya va bojxona xizmati xodimlarining Los-Anjelesdagi noqonuniy xorijliklarni aniqlaş maqsadida ötkazgan reydi namoyişçilar bilan töqnaşuvlarga sabab bölgan.

Ötkazilgan reydlardan norozi bölgan minglab odamlar köçalarga çiqib, muhojirlar huquqlarini hurmat qilişni talab qilgan. 7 iyun, şanba kuni norozilik namoyişlari kengroq tus olib, politsiya xodimlari bilan töqnaşuvlar sodir böldi. Milliy gvardiya namoyişçilar bilan töqnaşuvda közdan yoş oqizuvçi gaz va granatalardan foydalangan edi.
Namoyişçilar, asosan tinç muhojirlarga qarşi reydlarni töxtatiş, immigratsiya tizimini isloh qiliş va inson huquqlarini hurmat qilişni talab qilişmoqda. Vaziyat nazoratdan çiqib ketişi ehtimoli ham yuqori baholanmoqda.
Malum qilinişiça, Los-Anjelesga Milliy gvardiyaning 2 ming askari yuborilmoqda. Kaliforniya gubernatori Milliy gvardiyani joylaştiriş qarorini ştat suveren huquqlarining buzilişi deb atadi. Ayrim manbalar, xususan, CNN AQŞ dengiz piyodalari korpusi bölinmalari Los-Anjelesga joylaştirilişga tayyorligi haqida xabar bergan. 

Mazkur holat böyiça «Xabar.uz» Özbekiston TIV rasmiysi bilan boğlandi va AQŞning namoyişlar bölib ötayotgan hududlaridagi özbekistonliklar haqida ayrim savollariga javob oldi.

«Hozirda mazkur namoyişlarda Özbekiston Respublikasi fuqarolarining iştirok etgani töğrisida heç qanday rasmiy tasdiqlangan malumot kelib tuşmadi.
Şu bilan birga, AQŞdagi barça yurtdoşlarimizni uşbu mamlakatning amaldagi qonun-qoidalariga qatiy amal qilişga, tinçlik va xavfsizlikni buzişi mumkin bölgan har qanday ommaviy namoyişlarda iştirok etmaslikka çaqiramiz.


Özbekiston diplomatik vakolatxonalari xorijdagi fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilişda davom etadi. Zarur hollarda fuqarolarimiz AQŞdagi Elçixonamiz va Boş konsulxonalarimizga murojaat qilişlari mumkin», – deydi TIV matbuot kotibi Ahror Burxanov.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: