USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼ USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Yangi talab, çeklov va soliqlar: Onlayn platformalar töğrisidagi qonun loyihasida foydalanuvçilar va blogerlar uçun qanday özgarişlar bor?

272 марта


Prezident administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (AOKA) tomonidan tayyorlangan «Onlayn platforma va saytlar foydalanuvçilarining huquqlarini himoya qiliş töğrisida»gi qonun loyihasi jamoatçilik muhokamasiga qöyildi.

Hujjat davlat röyxatidan ötkazilgan ommaviy axborot vositalarining saytlariga nisbatan tatbiq etilmaydi — ular «Ommaviy axborot vositalari töğrisida»gi qonun bilan tartibga solinadi.

AOKA asoslantirişi

2017 yildan 2025 yilgaça Özbekistonda internetdan foydalanuvçilar soni 14,7 milliondan 32,7 million kişiga oşgan. «Internet va ijtimoiy tarmoqlar fuqarolarning axborotga bölgan ehtiyojini tezkor qondiriş, jamiyatdagi dolzarb muammolarni muhokama qilişda muhim vositaga aylangan, deyiladi AOKA izohida.

Mamlakatdagi eng ommabop platformalar bölgan Telegram’da 28 mln, Odnoklassniki’da 19,2 mln, Facebook’da 2,3 mln, VKontakte’da 1,5 mln, LinkedIn’da 850 ming, X’da (sobiq Twitter) 250 ming foydalanuvçi bor.

«Bugungi kunda onlayn platformalar foydalanuvçilari qanday huquqlarga egaligi borasida qonunçilikda aniq normalar mavjud emas, axborot tarqatişga oid talablar esa milliy qonunçilikda tizimli va yetarli darajada tartibga solinmagan, tarqoq holda belgilangan», — deyiladi agentlik izohida.


AOKA internet foydalanuvçilarining huquqlarini himoya qiliş borasida rivojlangan davlatlar amaliyotlaridan misollar keltiradi: Yevropa Ittifoqi «Raqamli xizmatlar töğrisida»gi qonuni orqali onlayn platformalar uçun yuqori standartlarni joriy etdi. Germaniyada 2 milliondan ortiq foydalanuvçiga ega platformalarga noqonuniy kontentni 24 soat içida öçiriş majburiyati yuklangan. Frantsiya internetda nafrat, terrorizm va bolalar pornografiyasiga qarşi qatiy çoralar körişni, Turkiya xorijiy IT kompaniyalarga mahalliy vakil tayinlaşni talab etgan. Qozoğiston blogerlar va platformalar faoliyatini tartibga solişga qaratilgan huquqiy asosni şakllantirdi.

Xabarda qayd etilişiça, qonun loyihasi internet foydalanuvçilarining huquqlarini himoya qiliş zaruratidan kelib çiqib işlab çiqilgan va sohadagi amaldagi qonunçilik sezilarli liberallaştirilib, tartibga solişdagi mavjud böşliqlarni bartaraf etişga qaratilgan.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: