“Kladmen” talaba va 71 ming doza narkotik: katta jinoiy guruh foş böldi
Özbekistonda narkotik tarqatiş bilan şuğullangan transmilliy jinoiy uyuşmaning 14 nafar turli darajadagi azolari qölga olindi. Bu haqda Içki işlar vazirligi xabar berdi.
Qayd etilişiça, Içki işlar vazirligi tezkor-qidiruv departamenti hamda uning hududiy bölinmalari, şuningdek, Davlat xavfsizlik xizmati va Bojxona qömitasi xorijiy davlatlarning huquqni muhofaza qiluvçi organlari bilan hamkorlikda Toşkent şahrining Çilonzor, Yunusobod, Yangihayot, Bektemir va boşqa hududlarida oltita yönalişda keng qamrovli tezkor-qidiruv tadbirlari ötkazilgan.
Ötkazilgan tezkor kombinatsiyalar natijasida dastlabki yönalişda 2005 yilda tuğilgan, nufuzli oliy talim muassasasining uçinçi bosqiç talabasi internet narko-dökonda “kladmen” sifatida işlab kelgani va uning boşqaruvidagi Onix rusumli avtomaşina Yangihayot tumani hududidagi postda töxtatilib tekşirilganda, avtomaşinaning salon qismiga yaşirilgan 500 gramm alfa-PVP sintetik giyohvandlik vositasi borligi aniqlangan va protsessual tartibda rasmiylaştirib olingan.
Tezkor tadbirlarning ikkinçi yönalişida esa jinoiy uyuşmaning Namangan viloyatida faoliyat yuritib kelgan azosi qölga olingan. Tezkor-qidiruv tadbirlari davom ettirilib, jinoiy şeriklarning har biri özaro boğlangan yagona narkotarmoqning böğinlari sifatida foş etilgan.
Tezkor tadbirlarning xalqaro yönalişdagi hamkorlik natijasida esa mazkur transmilliy jinoiy uyuşmaning yetakçilaridan biri xorijiy davlat hududida yaşirinib yurgani aniqlanib, şu davlatning huquqni muhofaza qiluvçi organlari tomonidan qölga olingan.
Transmilliy jinoiy uyuşmaning Özbekiston hududidagi faoliyatiga aloqador şaxslarni aniqlaşga qaratilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, jinoiy uyuşmaning yetti nafar omborçisi va uşbu omborçilarga işlagan olti nafar “zakladçik”, şuningdek, uyuşma yetakçilaridan biri qölga olingan.
Ötkazilgan tezkor tadbirlar natijasida transmilliy jinoiy uyuşmaning jami 14 nafar turli darajadagi azolari qölga olinib, ulardan 71 ming 433 ta bir marotabalik dozaga teng bölgan 2 kilogramm 500 gramm alfa-PVP sintetik giyohvandlik vositasi protsessual tartibda rasmiylaştirib olingan.
Bildirilişiça, mazkur holat yuzasidan qölga olingan barça jinoiy uyuşma azolariga nisbatan Jinoyat kodeksining 273-moddasi (giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni yoki ularning analoglarini ötkaziş maqsadini közlab qonunga xilof ravişda tayyorlaş, qayta işlaş, oliş, saqlaş va boşqa harakatlar qiliş, şuningdek ularni qonunga xilof ravişda ötkaziş) 6-qismi bilan jinoyat işi qözğatilib, qamoq ehtiyot çorasi qöllanilgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Toşkent viloyatida içki işlar xodimlarining töxtaş haqidagi qonuniy talabiga böysunmay, qoçişga uringan Cobalt haydovçisining avtomaşinasidan 4 kilogrammdan ortiq gaşiş aniqlangandi.