USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Serbiya ballistik raketa işlab çiqarişda Özbekiston bilan hamkorlikka tayyor – Vuçiç

64 марта
Сербия баллистик ракета ишлаб чиқаришда Ўзбекистон билан ҳамкорликка тайёр – Вучич

Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuçiç mamlakat bir yil içida uzoq masofali ballistik raketalar işlab çiqarişni boşlaşini hamda uşbu masalada Özbekiston bilan hamkorlik qilişga tayyorligini malum qildi. Bu haqda u keça, 8 sentyabr kuni Serbiya – Özbekiston biznes-forumida söz oçdi.

“Mudofaa sanoatida katta natijalarga erişişimiz mumkin. Biz mudofaa sanoatimizda ilgarilab boryapmiz, örganyapmiz, bazi katta davlatlardan texnologiyalar transferini amalga oşiryapmiz. Şuningdek, boşqa insonlarga ham yordam beryapmiz”, deydi Vuçiç Belgradda ötkazilgan forumning oçiliş marosimida özbekistonlik tadbirkorlarga qarata.

U Mudofaa vazirining moddiy resurslar böyiça yordamçisi Nenad Miloradoviçdan Serbiya qança vaqt içida uzoq masofali ballistik raketalar işlab çiqarişni boşlaşi mumkinligi haqida söragan va Serbiya yaqin masofali raketalarni allaqaçon işlab çiqarayotganini qöşimça qilgan. Bunga javoban Miloradoviç bir yil içida ekanini aytgan.

“Bir yil içida biz uzoq masofali ballistik raketalar işlab çiqarişni boşlaymiz va bu masalada ham siz bilan hamkorlik qilişga tayyormiz. Bu Serbiya aholisiga kamdan kam hollarda aytadigan yangiligimiz, ammo bu bizning ham texnologik, ham ahamiyatli – sanoat sohasidagi ilgarilaşimizdan dalolat beradi. Mutaxassislarimiz köp narsaga erişdi va işonamanki, aytib ötganimdek, bir yil içida buni ham amalga oşira olamiz. Uşbu sohada ham birodarlarimiz va özbekistonlik döstlarimiz bilan hamkorlik qilişga tayyormiz”, deydi Vuçiç.

Eslatib ötamiz, joriy yilning 7-8 sentyabr kunlari Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev rasmiy taşrif bilan Serbiyada bölgan edi. Muzokaralar yakunlari böyiça davlat rahbarlari Strategik şeriklik munosabatlarini örnatiş töğrisidagi qöşma deklaratsiyani imzoladi. Bundan taşqari, ustuvor yönalişlarda erişilgan kelişuvlarni mustahkamlagan salmoqli hujjatlar töplami almaşildi. Şuningdek, Özbekiston yetakçisiga Serbiyaning oliy davlat mukofoti – Katta zanjirli Serbiya Respublikasi ordenini tantanali ravişda topşiriş marosimi bölib ötdi. Şu bilan birga, Belgrad köçalaridan biriga “Toşkent” nomi berildi. Işbilarmonlik dasturi doirasida ikki davlat rahbarlari qöşma biznes forumida iştirok etdi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: