Serbiya Isroil bilan birga dron işlab çiqaradi
16-04-2026, 12:42
40 марта

Serbiya Isroil bilan birga dron işlab çiqaradi
Bolqon mintaqasidagi uşbu davlat öz harbiy salohiyatini va qurol-yaroğ işlab çiqariş hajmini oşirişga intilmoqda.
“Dunyoning uşbu qismida eng yaxşi dronlarga ega bölamiz”, dedi Serbiya prezidenti.U dronlar arzon bölmasligi, biroq zirhli texnikalarni yöq qilişda juda samarali ekanini takidladi. Işlab çiqariş tafsilotlariga esa aniqlik kiritilmadi.
“Biz Isroil kabi dronlarni qanday işlab çiqarişni bilmaymiz. Men qöşma işlab çiqariş bilan faxrlanaman, hamkorligimiz 50 ga 50 böladi”, dedi Aleksandr Vuçiç.U loyiha Serbiyaga innovatsiyalar olib kirişi va kelajakda bu sohada işlay oladigan mutaxassislarni tayyorlaşga xizmat qilişini aytdi. Serbiyaning BIRN naşriga köra, mamlakatning “Yugoimport SDPR” davlat qurol-yaroğ işlab çiqaruvçisi Isroilning Elbit Systems kompaniyasi bilan hamkorlikda dron zavodini oçadi. Kelajakda uning 51 foiz uluşi Isroil kompaniyasiga tegişli böladi.
Vuçiç hukumati öz armiyasini kuçaytirişga katta etibor qaratmoqda
Serbiya 2024 yilda öz harbiy aviatsiyasini modernizatsiya qiliş maqsadida Frantsiyada işlab çiqarilgan 12 ta Rafale samolyotiga buyurtma berdi. Mamlakat Xitoy va Rossiyadan harbiy texnika xarid qildi. U rasmiy ravişda Yevropa Ittifoqiga azo bölişga intilişiga qaramay, Pekin va Moskva bilan yaqin aloqalarni saqlab qolmoqda. Serbiya 1999 yilda Kosovodagi uruşni töxtatiş maqsadida NATO tomonidan amalga oşirilgan bombardimonlarni hisobga olib, alyansdan taşqarida qolişini bildirgan.