Andijonda aholiga beriladigan propan gaz erkin narxlarda sotiladi
Andijon viloyatida suyultirilgan gazni aholiga erkin narxlarda sotiş böyiça xususiy kompaniyalar iştirokida pilot loyiha amalga oşiriladi. Bu haqda Energetika vaziri Şerzod Xöjayev joriy yilning 7 sentyabr kuni Prezident Şavkat Mirziyoyevga suyultirilgan gaz böyiça qilingan takliflar taqdimotidan “Özbekiston 24” telekanaliga bergan intervyusida malum qildi.
Qayd etilişiça, loyiha doirasida “Hududgaztaminot” bilan bir qatorda kamida ikkita xususiy tadbirkorga suyultirilgan gazni aholiga erkin narxlarda sotiş imkoniyati yaratiladi. Buning uçun tadbirkorlarga qulaylik yaratiş maqsadida ayrim qonunçilik hujjatlariga özgartiriş kiritiş közda tutilmoqda.
“Hozirgi kunda tadbirkorlik subektlari yoki aholining belgilangan normadan ortiqça suyultirilgan gaz istemol qilişga ehtiyoji bölsa, öz şaxsiy avtomobillarida gaz töldiriş şoxobçalariga borib, ballonlarni töldirib, taşib olib kelişyapti. Lekin bu aslida noqonuniy, notöğri va xavfli harakat hisoblanadi”, deydi Şerzod Xöjayev.
Vazirning aytişiça, kelgusida aholini gaz ballonlari bilan taminlaş tizimini yanada qulaylaştiriş maqsadida har bir mahallada suyultirilgan gaz ballonlarini yetkazib beruvçi şoxobçalar taşkil etilişi mumkin.
“Kerak bölsa, har bir mahallada şunday suyultirilgan gaz ballonlari bilan taminlaydigan şoxobça oçiş, uşbu şoxobçalarga qöyiladigan texnik talablarni zamon talablaridan kelib çiqqan holda qayta körib çiqiş böyiça topşiriqlar berildi”, deydi vazir.
Şerzod Xöjayevning sözlariga köra, sohada xususiy tadbirkorlarning iştirok etişi raqobatni kuçaytiradi. Bu esa istemolçilarga körsatiladigan xizmatlar sifatining oşişiga olib kelişi kutilmoqda.
“Raqobatli muhitda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar albatta öz ustida işlaydi. Topşiriqlardan biri – zamonaviy, masalan, gaz ballonlaridan foydalaniş”, dedi u.
Şuningdek, suyultirilgan gaz buyurtma qiliş va uni xonadonga yetkazib beriş imkonini beruvçi mobil ilovani işga tuşiriş rejalaştirilmoqda. U orqali istemolçilar özlariga kerakli vaqt va hajmni tanlab, gazga buyurtma berişi mumkin böladi.
“Mobil ilova işga tuşiriladi. Mobil ilova orqali istemolçilar özi xohlagan vaqtda, özi xohlagan hajmda buyurtma berib, aytilgan vaqtda uyiga olib kelib berişni söraydi”, dedi Şerzod Xöjayev.
Ayni paytda “Hududgaztaminot” tomonidan yetkazib beriladigan gaz ballonining siğimi 20 kilogrammni taşkil etadi. Yangi tartibda tadbirkorlik subektlariga uşbu ballonlarni çeklovlarsiz sotiş huquqi berilişi közda tutilmoqda.
Bundan taşqari, tadbirkorlar tomonidan import qilingan suyultirilgan gazni aholiga sotişdan taşqari, ortib qolgan qismini ham heç qanday çeklovlarsiz öz ixtiyoriga köra sotiş imkoniyati yaratiladi.
Eslatib ötamiz, joriy yilning 7 sentyabr kuni Prezident Şavkat Mirziyoyev suyultirilgan gaz yetkazib beriş grafigini qatiy yölga qöyiş, hisob-kitoblarni raqamlaştiriş va aholi uçun taminotda şaffoflikni taminlaş böyiça topşiriqlar bergan edi. Şuningdek, aholiga suyultirilgan gaz yetkazib beriş uçun “Hududgaztaminot” tasisçiligida “LPG-Trade” masuliyati çeklangan jamiyatini taşkil etiş taklif qilingan.