USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Ayrim korxonalarga ijtimoiy soliq stavkasi 2 foiz böladi

122 марта
Айрим корхоналарга ижтимоий солиқ ставкаси 2 фоиз бўлади

Joriy yil 1 oktyabrdan qişloq tumanlarida ehtiyojmand oila azosini işga olgan korxonalar uçun uşbu xodim böyiça ijtimoiy soliq stavkasi 2 foiz böladi. Bu haqda bugun, 9 sentyabr kuni Prezident Şavkat Mirziyoyev ötkazgan hududlarda aholi bandligi va daromadini oşiriş borasida amalga oşirilayotgan işlar yuzasidan kengaytirilgan yiğilişda malum qilindi.

Joriy yilning 3 sentyabr kuni davlat rahbari raisligida kambağallikni qisqartiriş va aholi daromadlarini oşiriş böyiça işlarni yangi bosqiçga olib çiqiş masalalari yuzasidan videoselektor yiğilişi ötkazilgan edi. Unda hududlarda işni taşkil etiş tartibi tubdan özgartirilib, asosiy vakolat va resurslarni tuman darajasiga tuşiriş belgilangandi.

Yangi tizimga muvofiq, har bir viloyat va tumanda hokim boşçiligida ştablar taşkil etilib, bandlik idoralari va iqtisodiy kompleks taşkilotlari odamlarni iş bilan taminlaş va daromadini oşiriş masalalarini joyning özida hal qilişi lozim.

Bugungi yiğilişda ana şu vazifalar ijrosi, ştablar faoliyati va joylarda mavjud imkoniyatlardan foydalaniş holati tanqidiy körib çiqilgan.

Qayd etilişiça, barça hududlarda ştablar iş boşlagan. Ularning faoliyatini samarali taşkil etiş uçun iqtisodiy kompleksdan har bir viloyatga 2 nafardan, jami 28 nafar masul rahbar biriktirilgan. Islohotlar ştabi, vazirliklar, banklar va mahalliy hokimliklar yangi tizim asosida işni boşlagan.

Şu bilan birga, ayrim rahbarlar hali ham işni kabinetdan turib taşkil etayotgani, mahallaga tuşib, har bir oila va har bir korxonadagi haqiqiy holatni örganmayotgani körsatib ötilgan. Davlat rahbari bunday yondaşuv bilan natijaga erişib bölmasligini takidlagan.

Hokimlar kambağallik masalasiga faqat ijtimoiy reyestr nuqtai nazaridan qaramasligi zarurligi qayd etilgan. Ijtimoiy reyestr aholini qöllab-quvvatlaş vositasi, kambağallikni qisqartiriş esa oilani barqaror daromad manbaiga boğlaş, iş örni, infratuzilma hamda şaroit yaratiş bilan boğliq kompleks vazifasi.

Yiğilişda har bir tumanda tayyor imkoniyatlarni işga soliş orqali bandlikni oşiriş mumkinligi aniq misollar asosida körsatib ötilgan.

Jumladan, Qöşköpir tumanida 43 million yevroga qurilgan, 1 ming 300 ta iş örniga möljallangan töqimaçilik korxonasi yil boşidan buyon işlamay turgani tanqid qilingan. Korxona faoliyati tiklansa, bank tomonidan krizis-menejer jalb etilib, u töliq quvvatga çiqarilişi mumkin.

Şu kabi 124 ta korxonaning 6 trillion sömlik aktivlariga qöyilgan çeklovlarni qayta körib çiqiş va ularni bank boşqaruviga beriş orqali 10 ming iş örnini tiklaş imkoniyati borligi qayd etilgan.

Oqoltin tumanidagi “Oqoltin mega tekstil” korxonasi misolida ham banklar balansiga ötgan tayyor obektlarni qismlarga bölib sotiş örniga ularni qayta işga tuşiriş orqali yuzlab odamlarni band qiliş mumkinligi körsatilgan.

Umuman, davlat banklari balansida 10 trillion sömlik 2,5 mingga yaqin mol-mulk mavjud. Ularni samarali işga soliş orqali 40 mingtagaça iş örni tiklanişi mumkin.

Mutasaddilarga bir hafta muddatda qarzdorlik hisobiga banklar balansiga ötgan korxonalarni töliq xatlovdan ötkaziş, yil yakuniga qadar ularni yaxlit işlab çiqariş sifatida sotiş yoki menejer tayinlab, faoliyatini tiklaş çoralarini köriş topşirilgan.

Qişloq tumanlarida ehtiyojmand oila azosini işga olgan korxonalar uçun 1 oktyabrdan uşbu xodim böyiça ijtimoiy soliq stavkasi 2 foiz bölişi belgilangan. 

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: