Prezident hokimlarga 230 ming oilani kambağallikdan çiqarişni topşirdi
Özbekistonda hokimlar yil yakuniga qadar 230 ming oilani kambağallikdan çiqarişi zarur. Bu haqda bugun, 3 sentyabr kuni Prezident Şavkat Mirziyoyev kambağallikni qisqartiriş va aholi daromadlarini oşiriş böyiça işlarni yangi bosqiçga olib çiqiş yuzasidan videoselektor yiğilişida hokimlarga topşiriq berdi.
Qayd etilişiça, yiğilişda viloyat va tuman hokimlari ştablar faoliyatini samarali taşkil etib, yangi imkoniyatlardan töliq foydalanişi şartligi takidlangan.
Ular sentyabr-dekabr oylarida 350 ming odamni doimiy işga joylaştiriş va yana 1 million aholining daromadini köpaytiriş majburiyatini oladi.
Şuningdek, yil yakuniga qadar 230 ming oilani kambağallikdan çiqariş vazifasi belgilangan.
Har bir yönaliş böyiça aniq mexanizm va harakatlar algoritmini işlab çiqiş, mahalla darajasida masullarni belgilaş zarurligi qayd etilgan.
Xitoy tajribasi asosida tuman va mahallada aholi bilan bevosita işlaydigan xodimlar uçun aniq körsatmalar işlab çiqiş topşirilgan.