2026 yil Özbekistonda 1 mln kişi doimiy iş bilan taminlanadi
23-01-2026, 17:34
344 марта

2026 yil Özbekistonda 1 mln kişi doimiy iş bilan taminlanadi
Joriy yilda Özbekistonda 1 million aholini doimiy iş bilan taminlaş, 181 ming oilani kambağallikdan çiqariş közda tutilmoqda. Bu haqda bugun, 23 yanvar kuni Prezident Şavkat Mirziyoyev raisligida ötayotgan kambağallikni qisqartiriş va aholi bandligini taminlaş böyiça 2026 yilda amalga oşirilişi lozim bölgan asosiy vazifalar yuzasidan videoselektor yiğilişida aytildi.Qayd etilişiça, yiğilişda Prezident mavjud imkoniyatlarni işga soliş böyiça hokimlar va “mahalla yettiligi”ga metodik bilim va tajriba yetişmayotgani, masul vazirlik va idoralar esa ularga kömaklaşmayotganini körsatib ötgan.
Arnasoyda çorvaçilik, Şörçida banan yetiştiriş, Quvada anorçilik, Böstonliqda asalariçilik böyiça aholi va tadbirkorlar yaratgan tajribalar şunday ixtisoslaşuvga ega boşqa tumanlar uçun yaxşi namuna böla olişi, lekin bundan unumli foydalanilmayotgani qayd etilgan.
“Bunday tajribalar hamma joyda bor. Lekin ularni örgatib, qamrovini kengaytiradigan tizim yöq!” deydi davlat rahbari.Yiğilişda mutasaddilarga bir oyda işsizlik va kambağallik yuqori mahallalardagi imkoniyatlarni örganib, ularga eng yaxşi tajribalarni olib kiriş böyiça “metodik qöllanma” qilib beriş topşirilgan. Hokimlar esa joylarda buning ijrosini taşkil etib, odamlarni işli qiliş, daromadini köpaytiriş, ularni qiynayotgan masalalarga yeçim topişga masul va javobgar böladi.
“Umuman, bu yil har bir vazirlik va hokimlikning faoliyati mahalla bilan boğlanadi, qabul qilinadigan qarorlarda ham mahallada nima özgarişi nazarda tutiladi”, deydi Prezident.