USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

2027 yildan 1-sinf darsliklari yangi alifboda çop etiladi

97 марта
2027 йилдан 1-синф дарсликлари янги алифбода чоп этилади

Özbekistonda 1-sinf darsliklari 2027 yildan yangi alifboda çiqa boşlaydi. Bu haqda bugun, 10 sentyabr kuni Oliy Majlis Senatining 19-yalpi majlisida Maktabgaça va maktab talimi vazirining örinbosari Azizbek Turdiyev malum qildi.

Vazir örinbosarining takidlaşiça, maktab darsliklari sinflar kesimida yangilanib boradi. Masalan, birinçi sinflar uçun har yili darslik şundoq ham yangilanadi. Ikkinçi-törtinçi sinflar uçun darsliklarni yangilaş davriyligi esa uç yilni taşkil qiladi. 5-11-sinflar uçun har beş yilda bir marta darsliklar yangilanadi. 

“Demak, 2027 yil, keyingi yildan boşlab, qonun kuçga kirgandan keyin, biz birinçi sinf darsliklarini şundoq ham yangi alifboda çop etamiz va hozir aytib ötganimdek, 2027 yildan boşlab 2031 yilga qadar barça darsliklarimiz töliq yangilanadi”, deydi Turdiyev.

Qolgan yuqori sinflarning darsliklari esa parallel ravişda yangilanib boradi. Vazir örinbosarining bildirişiça, mazkur nuqtai nazardan maktab darsliklarini yangi alifboga ötkaziş qöşimça mablağ talab qilmaydi.

Turdiyev, şuningdek, joriy yilning 24-28 avgust kunlari maktabgaça talim tizimida yangi alifbo joriy etilayotganligi munosabati bilan öquv seminarlari taşkil qilinganini aytib ötgan. 

Eslatib ötamiz, avvalroq Senatning 19-yalpi majlisida “Lotin yozuviga asoslangan özbek alifbosini joriy etiş töğrisida”gi Özbekiston Respublikasi Qonuniga özgartiriş kiritiş haqida”gi qonun senatorlar tomonidan maqullani xabar berilgandi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: