Elektrotexnika sanoatida işlab çiqariş 11 mlrd dollarga yetkaziladi
Özbekistonda 2030 yilgaça elektrotexnika va unga yondoş sanoatda işlab çiqariş hajmini 11 milliard dollarga olib çiqiş rejalaştirilmoqda. Bu haqda bugun, 10 sentyabr kuni Prezident Şavkat Mirziyoyev tanişgan elektrotexnika sanoatini yangi bosqiçga olib çiqiş va raqobatbardoş mahsulotlar işlab çiqarişni qöllab-quvvatlaş yuzasidan taqdimotda söz boradi.
Qayd etilişiça, sönggi yillarda mamlakatda elektrotexnika tarmoğini rivojlantiriş, qöşilgan qiymati yuqori mahsulotlar işlab çiqariş va eksportni kengaytiriş böyiça tizimli işlar amalga oşirilgan. Natijada sohada işlab çiqariş hajmi 2018 yildagi 4,7 trillion sömdan 43,1 trillion sömga yetgan, eksport 1 milliard dollardan oşgan. Bugungi kunda Özbekiston elektrotexnika mahsulotlari 65 ta davlatga yetkazib berilmoqda.
Tarmoqda mahsulotlar tarkibi ham özgarmoqda. Misdan tayyorlanayotgan mahsulotlarning işlab çiqarilişi va eksporti ortdi, past qiymatli mahsulotlarning uluşi esa sezilarli kamaygan. Maişiy texnika böyiça içki talabning 80 foizi mahalliy mahsulotlar hisobidan qoplanmoqda, işlab çiqarilayotgan mahsulotlarning 30 foizi eksport qilinmoqda. Quyoş panellari, yuqori kuçlanişli kabellar, elektromobillarni quvvatlaş stantsiyalari, vakuum öçirgiçlar, yuqori kuçlanişli ajratgiçlar, issiqlik nasoslari kabi yuzlab yangi turdagi mahsulotlar özlaştirilgan.
Joriy yilning yetti oyida tarmoqda 30 trillion sömlik mahsulot işlab çiqarilgan, 706 million dollarlik eksport taminlangan. 148 million dollarlik 16 ta loyiha işga tuşirilib, 1,2 mingta iş örni yaratilgan. Yil yakunigaça 51 trillion sömlik mahsulot işlab çiqariş, eksportni 1,6 milliard dollarga yetkaziş, 420 million dollarlik 67 ta loyihani işga tuşiriş vazifasi belgilangan.
Taqdimotda 2030 yilgaça elektrotexnika va unga yondoş sanoatda işlab çiqariş hajmini 11 milliard dollarga, eksportni 5 milliard dollarga yetkaziş, 3 milliard dollar investitsiya jalb qiliş, misga qöşilgan qiymatni 35 foizga olib çiqiş rejalari körib çiqilgan.
Buning uçun Özbekistonda zarur xomaşyo bazasi va bozor mavjud. Yiliga 150 ming tonnadan ortiq mis katodi işlab çiqarilmoqda, yangi quvvatlar hisobiga mazkur körsatkiç 300 ming tonnaga yetkaziladi. Şuningdek, 15 gigavatt quyoş va şamol elektr stantsiyalarini işga tuşiriş rejalaştirilgan bölib, bu elektrotexnika mahsulotlari uçun yiliga 500 million dollarlik buyurtma bozorini şakllantiradi.
Şu bilan birga, sohada hal etilişi zarur masalalar ham bor. Ayrim korxonalarda aylanma mablağ uçun kredit olişda garov taminoti yetişmayapti, mis xomaşyosini birja orqali xarid qilişda qulay moliyaviy instrumentlar talab etilmoqda, yirik xalqaro brendlarni jalb etiş uçun kafolatlangan mexanizmlarni kengaytiriş zarur. Aholi uy-joylari qurilişi ortib borayotgani ham elektrotexnika mahsulotlariga talabni oşirmoqda.
Şu munosabat bilan tarmoq korxonalarini moliyaviy qöllab-quvvatlaş böyiça yangi mexanizmlar taklif etilmoqda. Jumladan, mis xomaşyosini xarid qilişda tölovning 25 foizini korxonalar, qolgan 75 foizini “Özsanoateksport” AJ amalga oşiradi. Korxonalar uşbu mablağni 90 kun içida yillik 6 foizgaça stavkada qaytaradi. Bu maqsadlar uçun 50 million dollar resurs yönaltiriladi.
Endilikda kreditlar böyiça eksport şartnomalari, suğurta polislari kabi boşqa taminot turlarini ham qabul qiliş imkoniyati yaratiladi. Investitsiya loyihalariga milliy va xorijiy valyutada ajratilgan kreditlarning bir qismi uç yil davomida qoplab beriladi.
Kamida 50 million dollar sarmoya kiritadigan yirik xalqaro brend kompaniyalariga soliq imtiyozlari taqdim qilinib, infratuzilmaga ega tayyor binolar taklif etilmoqda. Elektrotexnika sanoati korxonalari uçun soliq va bojxona imtiyozlari muddatini 2030 yilgaça uzaytiriş, yondoş mahalliy sanoat korxonalarini ham qöllab-quvvatlaş nazarda tutilmoqda.
Eksportni kengaytiriş maqsadida xorijiy bozorlarda savdo omborlari taşkil etiş, mahsulotlarni sertifikatlaş va taşqi bozorlarga çiqariş jarayonlarini yengillaştiriş çoralari köriladi. Şuningdek, Afğoniston, Möğuliston, Qozoğiston va Iroq bozorlariga kompleks texnologik yeçimlar eksportini kengaytiriş imkoniyatlari körib çiqilgan.
Tarmoqda innovatsiya va ilmiy-tadqiqot işlarini kuçaytiriş uçun Törtinçi sanoat inqilobi ilmiy-tadqiqot va innovatsiya markazini taşkil etiş taklif qilingan. Markaz yangi mahsulotlarni raqamli modellaştiriş, sinovdan ötkaziş, mahalliylaştiriş, prototiplar tayyorlaş va korxonalarga injiniring xizmatlari körsatiş bilan şuğullanadi.
Prezident mutasaddilarga elektrotexnika sanoatida qöşilgan qiymatni oşiriş, yuqori texnologik mahsulot va materiallar işlab çiqarişni özlaştiriş, mahalliy korxonalarni global qiymat zanjirlariga olib kiriş böyiça topşiriqlar bergan.