Taşiyev işi: sud ayblov hukmini özgartirdi
Bugun, 10 sentyabr kuni Bişkek şahar sudi sudyalari Qirğizistonning Milliy xavfsizlik davlat qömitasi (MXDQ) sobiq rahbari Qamçibek Taşiyev işidan hokimiyatni egallab olişga tayyorgarlik köriş ayblovini çiqarib taşladi va apellyatsiya böyiça hukmni özgartirdi. Bu haqda “Kaktus.media” xabar berdi.
Qayd etilişiça, Bişkek şahar sudi MXDQ sobiq rahbari Qamçibek Taşiyev va yana yetti kişiga nisbatan olib borilayotgan “75 lar xati”ni körib çiqişni davom ettirgan. Sud majlisi yopiq rejimda bölib ötgan. Qaror elon qilinişidan oldin sudyalar maslahatga çiqib ketgan. Naşr malumotlariga köra, sud ijroçilari jurnalistlar va boşqalarni zalga kiritmagan. Şu sababli hukm yopiq eşiklar ortida öqib eşittirilgan.
Sudyalar ayblovdan hokimiyatni kuç işlatib egallab olişga uriniş moddasini olib taşlagan. Uning örniga saylov huquqlarini amalga oşirişga tösqinlik qiliş moddasini qöllagan.
“Ayblovdan 326-modda – “Hokimiyatni kuç işlatib egallab olişga uriniş” çiqarib taşlandi. U saylov huquqlarini buziş bilan boğliq 195-moddaga qayta malakalandi. Bunga muddatidan oldingi saylovlarni ötkazişga uriniş haqidagi gaplar sabab bölgan, şekilli”, deydi advokat Latipbek Nuralimov.
Yangi modda böyiça sudyalar Qamçibek Taşiyev, sobiq boş prokuror Qurmanqul Zuluşev, parlamentning sobiq spikeri Nurlanbek Turğunbek öğli, şuningdek, Bekbolot Talğarbekov, Qursan Asanov, Qurmanbek Diyqanbayev, Ooli Qaraşev va Emil Uzoqboyevlarni aybdor deb topgan.
Ularning har biriga tört yildan ozodlikdan mahrum qiliş jazosi va ikki yil muddatga probatsiya nazorati tayinlangan. Sudyalar hukmdan mol-mulkni musodara qiliş jazosini olib taşlagan, çunki yangi moddada bunday çora nazarda tutilmagan.
Eslatib ötamiz, avvalroq birinçi instantsiya sudi Taşiyev va boşqa ayblanuvçilarga tört yildan jazo tayinlagan edi. Öşanda sudyalar ularni hokimiyatni kuç işlatib egallab olişga tayyorgarlik körişda aybdor deb topgan, mansab vakolatlarini suistemol qiliş böyiça işda esa oqlov qarorini çiqargan edi.
Taşiyev istefosi
Joriy yilning 10 fevral kuni Qirğiziston Milliy xavfsizlik davlat qömitasi raisi – Boş vazir örinbosari Qamçibek Taşiyev Prezident Sadir Japarovning farmoni bilan lavozimidan ozod etildi. U öz qarorini “jamiyatda bölinişga yöl qöymaslik” istagi bilan izohladi. Qamçibek Taşiyevning özi bu haqda Germaniyada yurak operatsiyasidan söng rejali tekşiruvda bölganida xabar topganini malum qildi.
Taşiyev ortidan uning birinçi örinbosari Qurbonbek Avazov, kiberxavfsizlik markazi direktori Daniel Risaliyev va Antiterror markazi direktori Elizar Smanov işdan olindi. Abdukarim Alimboyev Milliy xavfsizlik davlat qömitasi (MXDQ) raisining birinçi örinbosari lavozimidan ozod etilib, Davlat çegara xizmati raisi etib tayinlandi. Uning örnini Xavfsizlik kengaşi kotibi lavozimida işlab kelayotgan Rustam Mamasadiqov egalladi.
2020 yildan buyon Milliy xavfsizlik davlat qömitasining 9-xizmati boşliği va rais örinbosari lavozimida işlab kelgan Jumgalbek Şabdanbekov Qirğiziston Milliy xavfsizlik davlat qömitasi raisi vazifasini vaqtinça bajaruvçi etib tayinlandi.
Şuningdek, şu kunning özida Çegara xizmati davlat qömitasi tarkibidan çiqarildi.
Japarov va Taşiyev tandemi
Malumot uçun, Qamçibek Taşiyev 2020 yil 16 oktyabr kuni Qirğiziston Milliy xavfsizlik davlat qömitasi raisi etib tayinlangan edi. Farmonni 2020 yil 5–6 oktyabr voqealaridan söng prezident vazifasini bajaruvçi sifatida Sadir Japarov imzolagan.
Qamçibek Taşiyev va amaldagi Prezident Sadir Japarov örtasidagi köp yillik munosabatlar mamlakatdagi eng barqaror va tasirli siyosiy ittifoqlardan biri sifatida baholanib kelgan. Ularning hamkorligi hokimiyat tepasiga kelişidan ança oldin boşlangan: 2010 yillar boşida ular bir neça bor siyosiy jarayonlarda bir tomonda bölgan, 2012 yildagi umumiy jinoiy epizodni ham birga boşdan keçirgan, bu esa ularning şaxsiy yaqinligini yanada mustahkamlagan.
2020 yil oktyabr voqealaridan söng tandem yakuniy şaklga keldi: Sadir Japarov Prezident lavozimini egalladi, Qamçibek Taşiyev esa MXQ rahbari etib tayinlanib, kuç blokining asosiy tayançiga aylandi. Aynan u eng şov-şuvli işlarni nazorat qilgan, kuç siyosatini şakllantirgan va amalda Prezident jamoasining eng yaqin işonçli şaxslaridan biri bölib kelgan.
Ekspertlar orasida ularning ittifoqi köpinça mamlakatdagi eng mustahkam siyosiy duet deb atalardi, Qamçibek Taşiyev atrofidagi har qanday kadr özgarişlari esa hokimiyat konfiguratsiyasidagi jiddiy özgarişlar belgisi sifatida qabul qilinar edi.
Sönggi paytlarda siyosiy doiralarda maxsus xizmat rahbarining bölajak Prezident saylovlarida iştirok etişi mumkinligi haqida miş-mişlar tarqalgan edi. Qamçibek Taşiyev esa bir neça bor prezidentlik poygasida qatnaşmoqçi emasligini va Sadir Japarovni qöllab-quvvatlaşini malum qilgan.