USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Özbekistonda erta nikohga faqat ikki holatda ruxsat berilişi mumkin

382 марта
Ўзбекистонда эрта никоҳга фақат икки ҳолатда рухсат берилиши мумкин

Özbekistonda nikoh yoşini bir yilga kamaytirişga faqat homiladorlik yoki bola tuğilgan holatlarda ruxsat beriş taklif etilmoqda. Bu haqda bugun, 11 sentyabr kuni Senatning 19-yalpi majlisida Boş vazir örinbosari – Oila va xotin-qizlar qömitasi raisi Dilnoza Kattaxonova malum qildi.

Senatning 19-yalpi majlisida Özbekistonda oila institutini mustahkamlaş va nikohdan ajralişlarning oldini oliş böyiça körilayotgan çora-tadbirlar yuzasidan parlament sörovi natijalari muhokama qilingan.

Dilnoza Kattaxonovaning malum qilişiça, Oila kodeksining 15-moddasiga tegişli özgartiriş kiritişni nazarda tutuvçi qonun loyihasi işlab çiqilgan va hozirda Prezident Administratsiyasida turibdi. Unga köra, nikoh yoşini kamaytiriş uçun amaldagi boşqa “uzrli sabablar” çiqarib taşlanib, faqat homiladorlik va bola tuğilişi asos sifatida qoldiriladi.

Qömita raisi buning sababini izohlar ekan, Senat örganişlari davomida nikoh yoşini kamaytiriş uçun belgilangan boşqa “uzrli sabablar” korruptsiyaviy xavflarni yuzaga keltirişi mumkinligi aniqlanganini takidlagan.

Yangi tartib joriy etilsa, “Adliya+” mobil ilovasi va my.adliya.uz orqali nikohga onlayn ariza berişda 18 yoşga tölmagan şaxslarga avtomatik çeklov saqlanib qoladi. Bunday şaxslar faqat tuman yoki şahar hokimining nikoh yoşini kamaytiriş haqidagi qarori kiritilganidan söng ariza topşira oladi.

Şuningdek, erta nikohlarning oldini oliş maqsadida javobgarlikni kuçaytiriş taklif etilmoqda. Xususan, birinçi marta voyaga yetmaganlar bilan nikoh qurişni tarğib qilganlik uçun BHMning 10 baravari miqdorida jarima qöllaş belgilanmoqda.

Malumotlarga köra, joriy yilning ötgan davrida xotin-qizlar faollari xabarlari asosida 348 ta erta nikohning oldi olingan.

Majlisda nikohdan ajralişlar masalasiga ham etibor qaratilgan. Dilnoza Kattaxonova ajrimlarga sabab bölayotgan asosiy omillar sifatida özaro işonçsizlik, bir-birini tuşunmaslik, moddiy yetişmovçilik va uçinçi şaxsning aralaşuvini keltirgan.

“Şu ajrim masalasini alohida tahlil qilganimizda, bizda ikkita asosiy sabablar şakllanyapti. Birinçisi, bu sudlarga bölgan murojaatlarda 54 foiz sabablar orasida umuman asosli bölmagan, yani xarakteri bir-biriga töğri kelmaslik yoki özaro işonçsizlik, oilaga tayyor emasligi degan vajlar keltirilmoqda. Demak, bularni bir-biriga qöşganda 60 foizdan oşiq sabab sifatida körsatilyapti, yani bular bilan bemalol “mahalla yettiligi” işlab, bu sabablarni bartaraf etiş imkoniga ega. Ijtimoiy fikr ötkazgan tadqiqotda ham ajrimlarning sabablari sifatida sörovnomadan ötganlarning 50 foizida özaro işonçsizlik, 46 foizida bir-birini tuşunmaslik, 34 foizida moddiy yetişmovçilik va 29 foizda uçinçi şaxs aralaşuvi sifatida sabablar keltirilyapti”, deydi Kattaxonova.

Şu bilan birga, joriy yilning birinçi yarmida nikohdan ajratişga doir 2 666 ta işda taraflar yaraştirilgan. Biroq şu davrda oilaviy nizolar böyiça atigi 151 ta mediativ kelişuv tuzilgan.

Qömita raisi kelgusida oilalar bilan işlaş ommaviy tadbirlardan manzilli va natijaga yönaltirilgan tizimga ötkazilişini aytgan. Uning takidlaşiça, nizoli oilalarni sudga ajrim berişidan oldin, mahallada dastlabki xavf belgilari paydo bölgan bosqiçda aniqlaş va ular bilan işlaş tizimi kuçaytiriladi.

Şuningdek, har bir mahallada xotin-qizlar faollarini mediator sifatida tayyorlaş rejalaştirilmoqda.

Muhokama yakunida Senatning tegişli qarori qabul qilingan.

Eslatib ötamiz, avvalroq Özbekistonda erta nikoh va 16 yoşga tölmagan qizlarning homiladorligi haqida huquqni muhofaza qiluvçi organlarga xabar bermaganlik uçun mamuriy javobgarlik joriy etilişi mumkinligi haqida xabar berilgan edi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: