Toşkentga kelasi yil 10 mlrd dollar investitsiya jalb qilinadi
Toşkent şahriga kelgusi yilda 10 milliard dollar investitsiya jalb qiliş vazifasi qöyildi. Bu haqda bugun, 11 sentyabr kuni Prezident Şavkat Mirziyoyev raisligida ötkazilayotgan Toşkent şahrini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş, investitsiya va bandlikni oşiriş, mahallalarda zamonaviy infratuzilma yaratiş masalalari böyiça videoselektor yiğilişida söz bordi.
Qayd etilişiça, yiğiliş avvalida bugungi murakkab şaroitda har bir tuman va mahallaning mavjud imkoniyatlarini töliq işga soliş, qöşimça qiymat, investitsiya va yuqori daromadli iş örinlarini köpaytirişga yangiça yondaşiş zarurligi takidlangan.
Poytaxt tumanlarining har biri öz salohiyatidan kelib çiqib, aniq yönalişlarga ixtisoslaşişi lozimligi qayd etilgan.
Xususan, Sergeli, Yangihayot va Bektemir tumanlarida Toşkentga kirib kelayotgan yuklarni saralaş, qadoqlaş, taqsimlaş va yetkazib berişga ixtisoslaşgan yirik logistika majmualarini taşkil etiş uçun katta imkoniyat bor.
Şayxontohur, Mirzo Uluğbek, Mirobod, Yunusobod va Yakkasaroy tumanlarida zamonaviy biznes va moliyaviy markazlarni köpaytiriş orqali 2 milliard dollarlik kapital bozorini şakllantiriş hamda 20-25 mingta yuqori daromadli iş örni yaratiş mumkinligi takidlangan.
Olmazor, Çilonzor va Uçtepada esa talim, tibbiyot, savdo va servis sohalarida kamida 1 milliard dollar investitsiya jalb qiliş, 15-20 mingta iş örni yaratiş salohiyati mavjud.
Joriy yilda poytaxtning 12 ta tumani böyiça 9 milliard dollar investitsiya jalb qiliş rejalaştirilgan. Biroq ayrim hududlarda belgilangan körsatkiçlarga erişiş uçun işlarni yanada jadallaştiriş zarurligi körsatib ötilgan.
Investorlarning masalalarini idorama-idora yurmasdan, bevosita joyida hal qiliş uçun alohida iş tizimi joriy etilişi belgilangan. Respublika va şahar darajasidagi masullar har hafta tumanlarga çiqib, tadbirkor va investorlar bilan uçraşib, ularning muammolarini tezkor hal qiladi.
Yuqori darajada yeçim talab qiladigan masalalar böyiça şu kunning özida asoslangan takliflar tayyorlanib, Prezident Administratsiyasiga kiritiladi. Mazkur tartib yil oxiriga qadar alohida nazoratda işlaydi.
Kelgusi yilda poytaxtga 10 milliard dollar investitsiya jalb qiliş hamda 150-200 mingta yuqori daromadli doimiy iş örni yaratiş böyiça aniq reja işlab çiqiş vazifasi qöyilgan.