Şovqin qilganlar uçun jarima keskin oşiriladi
Özbekistonda fuqarolarning osoyiştaligi va normal dam olişini buzganlik uçun jarima miqdori oşiriladi. Bu haqda joriy yilning 10 sentyabr kuni qabul qilingan “Aholini şovqinning zararli tasiridan himoya qiliş töğrisida”gi qonunda söz boradi.
Qonunga köra, bunday huquqbuzarlik uçun fuqarolarga 3-5 BHM, mansabdor şaxslarga esa 15 BHMgaça jarima solinadi.
Qonun bilan Mamuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 192-moddasiga (maişiy şovqinga qarşi kuraş talablarini buziş) ham özgartirişlar kiritilmoqda. Unga köra, iş kunlari soat 23:00 dan 07:00 gaça, dam oliş va işlanmaydigan bayram kunlari esa 22:00 dan 09:00 gaça belgilangan meyordan ortiq şovqin çiqarib, fuqarolarning osoyiştaligi va normal dam olişini buzişga yöl qöyilmaydi.
Bunday huquqbuzarlik uçun fuqarolarga BHMning 3 baravaridan 5 baravarigaça, mansabdor şaxslarga esa 15 baravari miqdorida jarima solinadi.
Agar huquqbuzarlik mamuriy jazo qöllanilganidan keyin bir yil içida takrorlansa, fuqarolarga 5-7 BHM, mansabdor şaxslarga esa 15-20 BHM miqdorida jarima belgilanadi.
Şuningdek, şovqinning belgilangan meyorlardan yuqori bölişiga yöl qöygan transport vositalari uçun ham javobgarlik kuçaytiriladi. Mamuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 125-moddasiga (transport vositalaridan foydalaniş qoidalarini buziş) kiritilgan özgartişga köra, şovqin darajasi belgilangan normalardan ortiq bölgan transport vositalarini boşqariş ham huquqbuzarlik sifatida belgilanadi.
Qonunda fuqarolarning osoyiştaligi va normal dam olişini buzadigan şovqin manbalari ham sanab ötilgan. Ular qatoriga uy-joylardagi maişiy faoliyat, quriliş işlari va texnikasi, işlab çiqariş korxonalari, transport vositalari, oilaviy tadbirlar, savdo va umumiy ovqatlaniş korxonalari, köngiloçar obektlar hamda pirotexnikadan foydalaniş natijasidagi şovqinlar kiritilgan.
Köp qavatli uylarda va ularga tutaş hududlarda quriliş, rekonstruktsiya va tamirlaş işlari vaqtida meyordan yuqori şovqin çiqaradigan manbalardan soat 09:00 dan 18:00 gaça foydalaniş mumkin. Dam oliş kunlari va işlanmaydigan bayram kunlari esa bunday işlarga yöl qöyilmaydi.
Qonunga köra, belgilangan normadan ortiq şovqinga muntazam ravişda yöl qöyayotgan obektlar faoliyati ham töxtatib turilişi mumkin. Bunday obektlar faoliyati vakolatli davlat organi yoki Içki işlar vazirligi tomonidan 10 iş kunidan köp bölmagan muddatga, 10 iş kunidan ortiq muddatga esa sud tartibida töxtatib turilişi mumkin.
Şuningdek, şovqinning zararli tasiri natijasida yetkazilgan zarar uçun sud tartibida kompensatsiya undiriş ham mumkin.
Hujjatga köra, qonun rasmiy elon qilingan kundan etiboran uç oy ötgaç kuçga kiradi.
Eslatib ötamiz, avvalroq Özbekistonda iş kunlari soat 23:00 dan 07:00 gaça va dam oliş kunlari va işlanmaydigan bayram kunlari soat 22:00 dan 09:00 gaça fuqarolarning osoyiştaligini buzişga yöl qöyilmasligi haqida xabar berilgan edi.