USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Diqqat! Aholini şovqin bilan bezovta qiliş taqiqlangan vaqt belgilandi

460 марта
Диққат! Аҳолини шовқин билан безовта қилиш тақиқланган вақт белгиланди

Özbekistonda iş kunlari soat 23:00 dan 07:00 gaça va dam oliş kunlari va işlanmaydigan bayram kunlari soat 22:00 dan 09:00 gaça fuqarolarning osoyiştaligini buzişga yöl qöyilmaydi. Bu haqda keça, 9 sentyabr kuni qabul qilingan “Aholini şovqinning zararli tasiridan himoya qiliş töğrisida”gi qonunda söz boradi.

Qonunga köra, odamni sezilarli darajada bezovta qilmaydigan, inson organizmining funktsional tizimlarida va şovqinga sezgir bölgan azolarida jiddiy özgarişlarga olib kelmaydigan hamda sanitariya qoidalari va normalarida belgilanadigan şovqin darajasi şovqinning yöl qöyiladigan darajasi hisoblanadi.

Soğliqni saqlaş vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi qömitasi aholini şovqinning zararli tasiridan himoya qiliş sohasidagi vakolatli davlat organi.

Şovqinning yöl qöyiladigan darajasidan yuqori, fuqarolarning osoyiştaligi va normal dam olişini buzadigan şovqinlar jumlasiga quyidagilar kiradi:

  • turar joy binolari hududida insonlarning maişiy, uy-xöjalik faoliyati natijasida yuzaga keladigan şovqin;
  • quriliş maydonlaridagi mehnat faoliyati tufayli hamda quriliş texnikasi va transport vositalaridan yuzaga keladigan şovqin;
  • turli toifadagi transportlarning işlaşi va harakatlanişi natijasida yuzaga keladigan şovqin va boşqalar.

Qonunda belgilangan tartibda quyidagi vaqt oraliğida şovqinning yöl qöyiladigan darajasidan ortiq şovqin çiqariş orqali fuqarolarning osoyiştaligini buzişga yöl qöyilmaydi:

  • iş kunlari soat 23.00 dan 07.00 gaça;
  • dam oliş kunlari va işlanmaydigan bayram kunlari soat 22.00 dan 09.00 gaça.

Şovqinning zararli tasiri natijasida yetkazilgan zarar uçun sud tartibida kompensatsiya undirilişi mumkin.

Uşbu qonun rasmiy elon qilingan kundan etiboran 3 oy ötgaç kuçga kiradi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: