Xorazmda salmonellyoz xavfi: aholi ogohlantirildi
29-06-2026, 22:31
1 034 марта
Xorazmda salmonellyoz xavfi: aholi ogohlantirildiXorazm viloyati Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi boşqarmasi aholini salmonellyoz kasalligining oldini oliş çoralariga qatiy amal qilişga çaqirdi.
Malum qilinişiça, salmonellyoz oziq-ovqat mahsulotlari orqali yuqadigan yuqumli kasallik bölib, uning oldini olişda har bir fuqaroning masuliyati muhim ahamiyatga ega.
Mutaxassislar göşt va tuxum mahsulotlarini faqat işonçli savdo nuqtalaridan xarid qiliş, ularni töliq pişirib istemol qiliş, xom va tayyor mahsulotlarni alohida saqlaş hamda şaxsiy gigiyena qoidalariga qatiy rioya etişni tavsiya etmoqda.
Şuningdek, tayyorlangan ovqatni uzoq vaqt xona
haroratida qoldirmaslik, uni darhol istemol qiliş yoki muzlatkiçda saqlaş lozimligi takidlandi. Bu ayniqsa bolalar, keksalar va immuniteti zaif insonlar uçun juda muhim hisoblanadi.
Agar tana haroratining kötarilişi, qorin oğriği, köngil aynişi, qusiş yoki iç ketişi kabi alomatlar kuzatilsa, özboşimçalik bilan davolanmasdan, zudlik bilan şifokorga murojaat qiliş tavsiya etilmoqda.
Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi boşqarmasi kasallikni davolaşdan köra, uning oldini oliş oson va samarali ekanini eslatib, oziq-ovqat xavfsizligi hamda şaxsiy gigiyena qoidalariga amal qiliş orqali özingiz va yaqinlaringiz salomatligini asraşga çaqirdi.