Özbekistonda hantavirus yuqtirganlar bormi?
13-05-2026, 10:07
575 марта

Özbekistonda hantavirus yuqtirganlar bormi?
Şu kunlarda dunyoning ayrim mamlakatlarida hantavirus infektsiyasi tarqalmoqda. Özbekistonda mazkur infektsiya bilan kasallaniş holatlari qayd etilmagan. Bu haqda Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi qömitasi raisining birinçi örinbosari Nurmat Atabekov malum qildi.“Avvalo şuni aytiş kerakki, bugungi kunda mamlakatimizda hantavirus bilan boğliq epidemiologik vaziyat barqaror”, deydi Nurmat Atabekov.
Şu bilan birga, Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti malumotiga köra, bu infektsiya koronavirus kabi tez tarqaliş xususiyatiga ega emas hamda mutaxassislar fikriça, global pandemiyani yuzaga keltirmaydi.
Hantavirusning Yer yuzida 20 dan ortiq turi mavjud bölib, ularning faqat ayrimlarigina odamlarda xastalik keltirib çiqarişi mumkin. Agar uşbu infektsiyaning dunyo böylab tarqaliş geografiyasiga etibor berilsa, Osiyo va Yevropa davlatlarida ança kam uçraydi. Uning bazi turlari, asosan, Argentina, Çili, Braziliya kabi Lotin Amerikasi mamlakatlarida kuzatiladi.
Hantavirus köpinça kemiruvçilar orasida uçraydigan virusli xastalik bölib, odamlarga kam hollarda yuqadi. Infektsiya, odatda, bunday jonivorlarning peşobi, axlati yoki sölagi bilan ifloslangan narsalar, çang hamda oziq-ovqat mahsulotlari orqali insonga ötişi mumkin. Ayrim hollarda zararlangan muhitda uzoq vaqt böliş yoki kemiruvçilar bilan yaqin va muntazam kontaktda böliş ham virus yuqiş xavfini oşiradi.
Mazkur kasallik köp hollarda tana haroratining kötarilişi, boş oğriği, holsizlik, köngil aynişi, qusiş, muşak va qorin sohasida oğriq kabi klinik belgilar bilan keçişi mumkin. Uning oğir şaklida buyrak yetişmovçiligi hamda yurak-qon tomir va nafas oliş tizimi bilan boğliq xavfli asoratlar kuzatiladi.
Dunyoda hantavirusga qarşi maxsus vaktsina işlab çiqilmagan. Buning uçun tegişli davolaş protokoli ham mavjud emas. Muolaja, asosan, simptomatik, yani bemordagi belgilarga qarab olib boriladi.
Özbekistonda hantavirus bilan kasallaniş holatlari qayd etilmagan. Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi qömitasi tomonidan virusologik monitoring işlari muntazam olib borilmoqda.
Şunday bölsa-da, özbekistonliklarga bir neçta profilaktik çoralarga amal qiliş tavsiya etiladi. Jumladan, şaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qiliş, yaşaş va iş joylari ozodaligiga etibor qaratiş, oziq-ovqat mahsulotlarini xavfsiz saqlaş, meva va sabzavotlarni istemol qilişdan avval yaxşilab yuviş, kemiruvçilar çiqindilarini supurişdan avval namlab tozalaş, omborxona va yopiq xonalarni muntazam şamollatiş lozim.
Endemik hududga borib kelganlar bu haqda oilaviy poliklinikaga xabar berişi lozim.
Bildirilişiça, bugungi kunda mamlakatda epidemiologik vaziyatni barqaror saqlaş hamda çetdan kirib kelişi mumkin bölgan kasalliklarning oldini oliş maqsadida 53 ta çegara punktida doimiy nazorat yölga qöyilgan.