USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

COVID-19’ning yangi ştammi Özbekistonga ham kirib keladimi?

480 марта

COVID-19’ning yangi ştammi Özbekistonga ham kirib keladimi?

Özbekistonda epidemiologik vaziyat barqarorligi sabab COVID-19’ning “Tsikada” deb nomlangan yangi – BA.3.2 ştammi tarqaliş ehtimoli past. Bu haqda Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi qömitasi raisining birinçi örinbosari Nurmat Otabekov malum qildi.

Qayd etilişiça, Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti tomonidan hozirgaça AQŞ, Gonkong, Mozambik va Buyuk Britaniya kabi 23 ta davlatda uşbu mutatsiya röyxatga olingan.

Otabekovning aytişiça, aslida, BA.3.2 ştammi aniqlanganiga ança bölgan va u bir xil tezlikda tarqalmasligi bilan xarakterlanadi. Şu bois bu mutatsiyaga 17 yilgaça “uyquga ketişi” mumkin bölgan va uzoq muddat borligini sezdirmaydigan haşarot – tsikada nomi berilgan.


Dastlabki örganişlarga köra, “Tsikada” ştammi “Omikron”ga xos, öxşaş klinik belgilar bilan keçadi. U nafas yöllari jarohatlanişi, yani burun bitişi, yötal, tomoqda oğriq, qizariş, bazan hid va tam bilmaslik kabi alomatlar bilan namoyon bölişi mumkin.

Mutaxassislar uşbu kasallikka kattalarga nisbatan bolalar köproq çalinayotganini aytmoqda.
“Malumki, pandemiya davrida dunyo aholisining katta qismi COVID-19 ga qarşi emlandi va şu tufayli ularning qaytadan bu kasallikka çaliniş ehtimoli juda kam. Ammo avval koronavirus bilan röbarö kelmagan, yani organizmida hali xastalikka qarşi antitanaçalar şakllanmagan bolalarning bu virusni yuqtiriş xavfi mavjud”, deydi Otabekov.
Uning qöşimça qilişiça, surunkali kasalligi bor, nafas yöllari xastaliklaridan aziyat çekuvçilar, immuniteti zaif va yoşi katta insonlar ham bu xavfdan yetarli darajada himoyalanmagan.
“Özbekiston misolida aytadigan bölsak, mamlakatimizda epidemiologik vaziyat barqaror. Aholida koronavirus ştammiga nisbatan oddiy respirator kasalliklarga bölgani singari munosabat allaqaçon şakllangan. Negaki, yurtdoşlarimizning qariyb 80 foizida jamoaviy immunitet vujudga kelgan. Şu manoda, dunyoda qayd etilayotgan yangi ştammlar haqida şov-şuvli xabarlar tarqatiş töğri emas. Xavotirlaniş uçun heç qanday asos yöq”, deydi Otabekov.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: