Özbekistondagi bolalar orasida yangiça virus tarqaldimi?
10-06-2025, 17:41
266 марта

Özbekistondagi bolalar orasida yangiça virus tarqaldimi?
Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi qömitasi raisining birinçi örinbosari Nurmat Otabekov Özbekistondagi bolalar orasida Koksaki virusi avj olayotgani haqidagi xabarlarni asossiz, deb atadi. Otabekovning bu haqdagi sözlarini Soğliqni saqlaş vazirligi matbuot kotibi Furqat Sanayev öz Telegram-kanalida elon qildi.
Uning sözlariga köra, hozirda bazi internet naşrlari va ijtimoiy tarmoqlarda Koksaki virusi tarqalgani haqidagi xabarlar asosiz. U virusning ilk kelib çiqişi va qanday turlari borligi haqida aytgan.
“Virusning bunday nomlanişining sababi – ilk bor AQŞning Koksaki şahrida aniqlangan va u enteroviruslar oilasiga mansub. Uning 70 dan ortiq turi bölib, asosan, A hamda V turlari uçraydi. Kasallik köpinça bolalarda uçraydi. Aniqroği, unga moyil aholi qatlami 3-10 yoşdagi öğil-qizlar hisoblanadi. Kattalarning xastalanişi esa juda kam kuzatiladigan holatdir”, degan Otabekov.
Koksaki virusiga uçraganida bolalarning qöl va oyoğining old qismi hamda oğzining şilliq qavatida turli toşmalar paydo böladi. Bazi hollarda yutinişning qiyinlaşişi, kiçik yaraçalar paydo bölgani uçun stomatitga xos tomoqda oğriqlar kuzatiladi. Bu esa isitma kötarilişi va iştahaning pasayişiga olib keladi. Kasallik, asosan, yoz oylarida bolalar oçiq va umumiy çömiliş suv havzalaridan foydalanganda va bemorlar bilan bevosita muloqot qilgan vaqtda yuqadi. Xastalikning yaşirin davri 2-10 kungaça bölib, bazi hollarda 2-5 kun davom etadi.
“Mazkur xastalikni keltirib çiqaradigan virusni dunyoning istalgan joyida uçratiş mumkin. Özbekistonda ham vaqti-vaqti bilan qayd etiladi”, degan qömita raisining örinbosari.Otabekovning qöşimça qilişiça, hozirgaça Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi qömitasi qoşidagi hamda Virusologiya ilmiy-tadqiqot institutining laboratoriyalarida Koksaki virusi aniqlagani yöq.
“Demak, yurtimizda mazkur kasalllik keng miqyosda tarqaldi degan fikrga keliş uçun asos mavjud emas. Muhimi, Koksaki virusi uçun maxsus davolaş protokollari mavjud va xastalik heç qanday asoratlarsiz töliq tuzalib ketadi”, degan Otabekov.